Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Nuriddin Ismoilov *

Nuriddin Ismoilov

 

Yozuvchi Nuriddin ISMOILOV — 1969 yil 20 yanvarda Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlog‘ida tug‘ilgan.
O‘rta maktabni tugatgach, 1991 — 1997 yillarda Toshkent Davlat universitetining (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
1997 — 2000 yillarda "Hurriyat" gazetasida muxbir, mas’ul kotib vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
1998 — 1999 yillarda “PressTIJ" qoshidagi "Biznes-Osiyo" jurnalida muxbirlik qilgan.
2000 — 2001 yillarda "Mohiyat" gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2001 yilda “Hordiq plyus” gazetasiga asos solib, o‘zbek matbuotining yangicha rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.

Yozuvchi Nuriddin ISMOILOVning bir qancha hikoya va qissalari matbuotda e’lon qilingan. “Odamlar orasidagi odamlar” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, “O‘limga mahkum qilinganlar”, “Milliarderga qo‘yilgan tuzoq”, “Burgut tog‘da ulg‘ayadi” (1-, 2-kitoblar), “Jaholat qurbonlari”, “Omonat g‘or siri”, “Iblis saltanati” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Baxtning olis manzili”, “Mafiya sardori” (1-, 2-, 3-kitoblar), “Shahzoda” nomli sarguzasht-detektiv romanlari kitob holida chop etilgan. “Burgut tog‘da ulg‘ayadi” (3-kitob), “Shiqir”, “Komanda — 20-A” nomli asarlari esa nashrga tayyorlanmoqda. Yuqorida nomi keltirilgan kitoblarni mutolaa qilar ekanmiz, ularning mavzu doirasi juda keng va xilma-xilligi, voqealar tasviri juda hayotiyligiga guvoh bo‘lamiz. Shu bois ularni qo‘liga olgan kitobxon go‘yo asar qahramonlari bilan yonma-yon yurgandek, sarguzashtlarni birga boshidan kechirayotgandek his qiladi o‘zini.

Ayni kunlarda adibning barcha kitoblari kitobxonlar o‘rtasida qo‘lma-qo‘l o‘qilmoqda. 2005 — 2011 yillar oralig‘ida “O‘limga mahkum qilinganlar” asarining 5 marta (umumiy adadi 30 000 nusxa), “Milliarderga qo‘yilgan tuzoq”, “Burgut tog‘da ulg‘ayadi”, “Jaholat qurbonlari”, “Omonat g‘or siri”, “Iblis saltanati”, “Baxtning olis manzili” kitoblarining 3 marta qayta chop etilishi va kitob rastalarida tezda sotilib ketayotgani ham buning yaqqol dalilidir.