Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Solih Qahhor *

Solih Qahhor

 

Solix Kahhor 1939 yil 29 dekabrda Farg‘ona viloyati, Olti ariq tumani Jo‘rak qishlog‘ida, ishchilar oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
1948-1958 yillar «Tojikiston 20 yilligi» umumta’lim maktabida o‘qigan. 1958-1961 yillar Dushanbe pedagogika institutida tahsil olgan. 1962-1965 yillar Moskva viloyatida harbiy xizmatni o‘tagan.
1966 yildan «Sovet Tojikistoni» Respublika gazetasi hamda radio eshitirish va televidenie davlat komitetida ijodiy xodimi, 1971 yildan «Sovet Tojikistoni» gazetasida maxsus muxbir lavozimlarida ishlagan.
1974 yil Toshkent oliy partiya maktabiga o‘qishka kirib, 1980 yil muvafaqiyatli tugatgan va Tojikiston kompartiyasi markaziy qo‘mitasi ixtiyoriga jo‘natilgan.
1980 yil Tojikistonning vaxsh vodiysida yangi tashkil topgan Qo‘rg‘ontepa viloyati gazetasiga bosh redaktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 1988 yildan «Tojikiston ovozi» Respublika gazetasining vaxsh va Kulob viloyatlari bo‘yicha maxsus muxbiri sifatida ishlagan. Biroq Tojikistonda fuqarolar urushi tobora avj olishi bilan 1993 yilning boshlarida oilasi bilan Farg‘onaga ko‘chib kelgan. Shu yilning mart oyida Farg‘ona viloyati matbuot boshqarmasida, so‘ng o‘zi asos solgan viloyat prokuraturasiga qarashli «Adolat yo‘li» gazetasiga bosh redaktor bo‘lib ishladi. Shuningdek, Farg‘ona nashriyoti matbuot markazi qarashli «Farg‘ona axboroti» va «Davr minbari» viloyat gazetalariga ko‘p yillar davomida muharrirlik qildi.
Shuningdek, «Adolat» Respublika gazetasining va undan so‘ng O‘zbekiston jurnalistlarining «Xurriyat» gazetasi Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha maxsus muxbir bo‘lib ishladi.
1970 yildan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi.
«Oq dul dulni jilovlagan ayol» (1983 yil), «Ayri yo‘l» (1985 yil), «Daydi qizning daftari» (2001, 2007, 2009, 2011 yillar), «Taxmina» (2013, 2015, 2016 yillar) kitoblarining muallifi.
Solix Kahhor 2018 yilning 24 yanvar kuni 78 yoshida vafot etgan.

Kitoblar

Taxmina

Taxmina (2014)