Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muhammad Ismoil *

Muhammad Ismoil

 

Muhammad Ismoil Raxmonqulovich 1964 yilining 13 martida Sirdaryo viloyatining Hovos qo‘rg‘onida tug‘ilgan. 1971 – 1981 yillarda 85-o‘rta maktabda, 1981 – 1986 yillarda hozirgi O‘zMU jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ilk she’riy to‘plami “Tazarru saodati” 1991 yil chop etilgan. Shundan so‘ng “Tasavvur chiziqlari” (1998), “Ko‘ngil mulkiga safar” (2001), “Sahroyi gullar” (2001), “Siz hamon o‘shasiz” (2003), “Sizni sevmay bo‘ladimi” (2005), “Bahorning eng so‘nggi lolasi” (2006), “Chiroylisan, tengi yo‘q” (2007), “Ko‘ksimni kuydirgan alanga” (2008), “Osmon to‘la orzular” (2011), “Meni kuchliroq sev” (2012), “Osmoningdan uzilma ey, dil!” (2014), “To so‘nggi nafasgacha” (2015)nomli kitoblari chop etilgan. Adibning hikoyalari asosida “Luchezarnaya” (2011) kitobi rus tilida nashr etilgan. Adib mohir tarjimon hamdir. Marina Cvetaeva, Boris Pasternak ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga o‘girgan.Muhammad Ismoil asarlari asosida “Izg‘irinli kunlarning biri”, “Qismat”, “Oy chiqmagan oqshom”, “Yangi oy chiqqan kecha”, “Mohinur”, “Atirgul”, “Balog‘at bekati”, “Yulduzsiz osmon” kabi videofil’mlar ekranlashtirilgan.