Как читать?

Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн

Подробнее

Как купить?

Пошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу

Подробнее

Вы - автор?

Вы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги

Подробнее

Вопросы-ответы

Как купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ

Подробнее

Афғон шамоли 5-китоб. Истанбул, Саманган, Москва, Бишкек

Афғон шамоли 5-китоб. Истанбул, Саманган, Москва, Бишкек
Просмотры, всего:

7913

Жанр/раздел:

Романы, рассказы

Год издания:

2016

Язык:

Узбекский (кир)

Страницы:

208

Издательство:

Янги Аср Авлоди

Номер ISBN:

978-9943-27-816-5

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Читать отрывок
Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом "Как читать купленную книгу"!

9200 сум

Купить

Рейтинг посетителей

  • Аннотация
  • Отрывок из книги
  • Комментарии и отзывы

«Afg‘on shamoli» romanining beshinchi kitobida voqealar asosan Istanbul, Samangan, Moskva, Bishkek hamda yurtimizda yuz beradi. Asarda kamikadzelarning qanday ruhiy tayyorgarliklardan o‘tishi, hayotining oxirgi kunlarida vatanga, xalqiga qilgan xiyonatidan afsus chekayotgan Chervon xonimning chegaraga etganda Ergashning odamlari tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilishi, Sharifning Ergash boshchilik qilayotgan to‘dadan qochib ketib, yurtda qilayotgan obodonchilik ishlarini o‘qishingiz mumkin. Vatanga qilingan xoinlikni o‘z vaqtida anglab, xatosini tushungan fuqarolar tavbasi qabul qilinib, bundan keyingi hayotini yurt rivojiga o‘zining hissasini qo‘shayotgan insonlarni Sharif obrazi orqali ko‘rasiz. Sharifning vataniga qilayotgan obodonchilik ishlarini, yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan beminnat hissasini eshitgan Ergash necha bor uni o‘ldirish uchun odamlarini yuboradi. Lekin vatan ravnaqi yo‘lida yurgan inson Allohning panohida ekanligiga kitobni o‘qish davomida yana bir bor amin bo‘lasiz...

ISTANBUL

Istanbulga ertalab etib keldik. Taksi bizni Tehron ko‘chasidagi ikki qavatli bino yonida qoldirdi. Eshik tepasiga lotin harflarida «Ofis», deb yozib qo‘yilgandi. Qo‘riqchi hamrohligida ikkinchi qavatga ko‘tarildik. Hashamatli zalda oltmish yoshlardan o‘tgan, soch-soqoliga oq oralagan kishi kutib oldi. – Hush kelibsiz, muhtaram Ergashboy! – notanish kimsa to‘daboshini bag‘riga bosib omonlashdi. – Sizni Istanbulda ko‘rganimdan baxtiyorman! – Hushvaqt bo‘ling, Mehmed og‘a! – javob qildi Ergash. Bu odam haqida eshitgandim. Halqaro terrorchilar guruhining etakchilaridan biri Mehmed Chegechi edi. Eshik ochilib, ichkaridan qomati kelishgan, farishtasifat ayol chiqdi. Ergashning yuzi tabassumdan yorishdi. – Turkon xonim! – u ayol tomon quchog‘ini ochib bordi. – O‘ngimmi, tushimmi? Honim bir qo‘lini Ergashning elkasiga tashlab, yuziga labini bosib salomlashdi. – Kelishingizni eshitib, Olmoniyadan uchoqda keldim, jonim! – Diydoringizni ko‘rsatganiga shukur! Qanchalar sog‘inganimni bilsangiz edi... Ergash ayolning qo‘lidan, keyin yuzidan o‘pdi. – Yo‘lga chiqqan kunimdan beri fikr-u xayolimdasiz! Biroq sizni bu erda uchrataman, deb aslo xayolim «ko‘chasi»ga keltirmagandim. – Farishtalar har ikkimizning dilimizdagi yaxshi niyatlarimizni ominiga olgan, jonim! – Ko‘zlarimga ishonmayapman! – to‘daboshi ayolning qo‘llarini yuragining ustiga qo‘ydi. Ular bir-birlariga shu qadar yaqin turishar ediki, olayotgan nafaslari yuzlariga urilib turardi. Bizni unutishgandi, go‘yo tevarak-atrofda o‘zlaridan boshqa odam yo‘qday. Ko‘z qirida Turkon xonimni kuzatdim. Uning chiroyli va latofatli yuzida esda qolarli belgilar topolmadim. – Kengash yakunlangach, shu erda qolasiz, jonim. Mehmonim bo‘lasiz!

Добавить комментарий
Нет комментариев и отзывов. Станьте первым!

С этой книгой также читают