Как читать?

Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн

Подробнее

Как купить?

Пошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу

Подробнее

Вы - автор?

Вы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги

Подробнее

Вопросы-ответы

Как купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ

Подробнее

Қуёнлар салтанати

Қуёнлар салтанати
Просмотры, всего:

18540

Год издания:

2016

Язык:

Узбекский (лат)

Страницы:

256

Издательство:

Янги Аср Авлоди

Номер ISBN:

978-9943-08-27-238-5

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Читать отрывок
Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом "Как читать купленную книгу"!

7000 сум

Купить
Бумажная книга

11900 сум

Сотувчи - Янги аср авлоди (М)
Дўкон тел.: +998909592526
Бумажная книга

15200 сум

Сотувчи - KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26

Рейтинг посетителей

  • Аннотация
  • Отрывок из книги
  • Комментарии и отзывы
Bolalar adabiyotining chinakam fidoyi ijodkori Xudoyberdi To‘xtaboyevning bolajonlarimizga atalgan navbatdagi tuhfasi ham o‘ziga xos badiiy qimmatga sazovor asar, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Ikki yosh o‘spirin yigitning orzulari, ularni tengdoshlaridan ajratib turadigan fazilatlari, qalamga olingan har bir voqea-hodisaning zamiridagi yaxshilikka, ezgulikka undash istagining mavjudligi, o‘ylaymizki, bu gal ham kitobsevar muxlislarimizni quvontiradi. Shu bilan birga kitob qahramonlariga o‘xshash istagi ularning ham qalbida paydo bo‘lsa, biz o‘zimizni maqsadimiz sari bir qadam oldinga tashlaganmiz, deb hisoblaymiz...

Birinchi bob
Bu qishloqning asl nomi Xonkeldimi, Qo‘rg‘onchami hech kim aniq bilmaydi. Katta ko‘chaning o‘ng tomonidagilar Xonkeldi deyishadi. Xonlar yashagan, bilib qo‘yinglar, deyishadi. Chap tomondagilar Qo‘rg‘oncha deyishadi. Qo‘rg‘onchada xonlarning navkarlari, navkarboshilar turgan, bilib qo‘yinglar, deyishadi. Bahsni o‘zlariga qoldiraylik-da, maqsadga o‘tib qo‘yaqolaylik. Qishloqchada bor-yo‘g‘i to‘rt yuz oila yashaydi. Bu oilalar ta’rifiga so‘z topa olmaysiz. Lekin odamlari har xil: birovi angishvonadek kichkina, pak-pakana, birovi baqaterakdek novcha, daroz. Birovi oshqovoqni butun yutgandek baqaloq-qorindor, birovi bir umr to‘yib ovqat yemagandek oriq, qotmagina. O‘h-hu, bu xilvat qishloqda kimlar yashamaydi deysiz?! Folbin ammalar-u, nomdor muallimalar, o‘rischa gapiradigan chollar, yig‘laydigan qizaloqlar-u, yerga ursang osmonga sapchiydigan sho‘x-shaddod o‘g‘il bolalar, qo‘li yengil shifokorlar-u, yashirincha kuf-suf soladigan buvilar, ilg‘or fermerlar-u, dehqonchiligi yaxshi bo‘lmasa xotinini so‘kib yuradigan Bolalar adabiyotini sevib, ardoqlab, ham ma’naviy, ham moddiy yordam berib kelayotgan Ayupov Avazbek va Alimov Zokirjondek ukalarimga bag‘ishlayman. Muallif dehqonlar, yolg‘on aralash so‘zlaydigan do‘konchilar-u, uxlab qolib azonni kech aytadigan so‘filar, bugun besh baho olmasa maktabdan yig‘lab keladigan a’lochi qizlar-u, maktabga bormay pana joyga berkinib olib to‘p tepadigan abjir bolalar, Rossiyaga meva sotib boyib ketgan mirishkorlar-u, turshagini sotolmay qurtga yedirib qo‘ygan bevalar, kirakashlar... Mayli, qolganini keyin aytarmiz, xullas, tog‘ yonbag‘rida joylashgan, bahavo bu so‘lim qishloqda ana shunday ajoyib odamlar-u, ana shunday ajoyib bolalar yashaydi. Hammasi haqida hikoya aytib bera olmayman, ulardan bir-ikkitasini tanlab olaman, xolos. Xullas, ana shunday ajoyib qishloqda, qishloqning qoq markazida hozir aytganimdek ajoyib bolalar-u, ajoyib qizlar o‘qiydigan ajoyib bir maktab ham bor. Maktab direktori Azizov domlaning aytishicha, dunyodagi eng ozoda, eng tartibli, eng intizomli maktab mana shu bo‘ladi.Maktab hovlisida ustun o‘rniga qo‘yilgan, yog‘ochlari qiyshayib ketgan, bolalar qo‘llariga tuplab osilaverganidan silliqlanib qolgan, barcha hujjatlarda turnik deb ataladigan bir moslama ham bor. Mana shu ta’rifiga so‘z topa olmayotganimiz maydonda hozir, shu daqiqalarda Azizov domla bolalarga nimanidir tushuntiryapti. Ushbu qissamizga qahramon qilib tanlamoqchi bo‘lganimiz – Egamberdi bilan Karimberdi ham negadir yuraklarini hovuchlabroq, qo‘rqa-pisibroq ishtirok etishyapti.

Добавить комментарий
Нет комментариев и отзывов. Станьте первым!