Как читать?

Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн

Подробнее

Как купить?

Пошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу

Подробнее

Вы - автор?

Вы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги

Подробнее

Вопросы-ответы

Как купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ

Подробнее

Сўз ёдлаш сирлари

Сўз ёдлаш сирлари
Просмотры, всего:

35570

Год издания:

2015

Язык:

Узбекский (лат)

Страницы:

124

Издательство:

Истиқлол нури

Номер ISBN:

978-9943-4178-3-0

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Читать отрывок
Электронная книга:

В данный момент нет в наличии.
Заказать: (90) 959-25-26

Рейтинг посетителей

  • Аннотация
  • Оглавление
  • Отрывок из книги
  • Комментарии и отзывы

Taqdim etilayotgan kitob ingliz tilini o‘rganuvchilarning oldida turgan eng katta muammolardan biri - so‘z yodlash sir-sinoatlari to‘g‘risida yozilgan. Bu kitobni o‘qib siz ingliz tilida o‘zingiz uchun noma'lum bo‘lgan so‘zlarni oson, tez va unumli tarzda yodlash hamda ularni uzoqroq muddat esingizda saqlab qolish usullarini o‘rganasiz. Kitobda ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan test savollariga to‘g‘ri javob berish va ingliz tiliga tarjima qilish kabi masalalar haqida ham so‘z boradi.

Shuningdek, qo‘llanmada mualliflarning shaxsiy tajribalari, keng foydalaniladigan usullar, hozirda ommalashayotgan mnemonik texnikalar, hayotiy misollar, test yechishga tatbiqlari, so‘zlarni yodlash bo‘yicha mashqlar hamda umumiy ravishda chet-tilini o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar o‘rin olgan. Kitob nafaqat abiturientlar balkim ingliz tili o‘rganuvchilari, o‘quvchilar, talabalar va xattoki boshqa chet-tillarini o‘rganuvchilar uchun so‘z yodlash bo‘yicha qo‘llanma sifatida ishlatilishi mumkin.

To‘g‘ri yo‘nalish va qattiq xoxish orqali ingliz tilidagi yangi so‘zlarni yodlash endi siz uchun oson kechadi va ushbu kitob bu yo‘lda katta foyda beradi degan umiddamiz.

Kirish....................................................................................4
Kitobdan qanday foydalanish kerak........................................7
1-bob. Mnemonika nima o'zi?...................................................8
2-bob. Mato — mnemonikaning asosiy, fundamental qonuni...........12
3-bob. Makon usuli.........................................................17
4-bob. Yangi tilni o'rganish - so'z boyligini oshirish demakdir....... 22
5-bob. Lug'at daftarini tutish san'ati......................................32
6-bob. So'zlarni takrorlash orqali xotirada saqlash..........40
7-bob. Turli xil yodlash usullari..........................................50
8-bob. 36 ta testga moslashgan lug'at yodlash .............70
9-bob. Birdaniga 14 000 ta so'zni o'rganing!................83
10-bob. Aqliy munosabat (Mental set) ........................108
11-bob. Taxmin qilish hissini rivojlantiring.....................113
Xulosa o'rnida................................................................119
Ilova..................................................................................120

O'quvchi ingliz tilida kitob o'qimoqda. Uning nigohi kitobga qadalgan, lekin xayoli parishon. Nega? Chunki kitobdagi juda ko'p so'zlar unga notanish bo'ladi. Lug'atni qo'lga olib, har bir yangi so'zning tarjimasini topguncha toliqib, zerikib ham ketadi.Yangi so'zlarni e'tiborsiz qoldirsa, kerakli ma'lumot e'tibordan chetda qolib ketishi mumkin.Oqibatda, na yangi so'zlarni samarali o'rganadi, na o'qiyotgan kitobini yaxshi tushunadi.

Mualliflar ham bir paytlar aynan shu muammolarga duch kelishgan va ularning maqsadi - bugungi kunda ingliz tilini o'rganayotgan o'quvchilar yangi so'zlarni o'rganishlarida to'g'ri yo'lni tanlashlariga ko'maklashishdir. Qo'lingizdagi kitob aynan ingliz tilini o'rganish jarayonida uchraydigan yangi so'zlarni qanday qilib osonlik bilan yodlash mumkinligi haqida turli usullar va tavsiyalarni taqdim etadi.

Darhaqiqat, har qanday xorijiy tilni o'rganishdagi eng katta muammo bu so'z yodlashdir. Negaki, bu jarayonda siz o'nlab yoki yuzlab emas, balki minglab yangi so'zlarni o'rganishingiz talab etiladi. Sizning so'z boyligingiz tilni qay darajada bilishingiz bilan chambarchas bog'liq bo'lib, kelajakda boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlaringizga yo'l ochuvchi kalit hamdir.

Добавить комментарий
Нет комментариев и отзывов. Станьте первым!