Электронные книги с нашего сайта можно читать 3 способами: через мобильное android-приложение kitobxon, через windows-программу kitobxon или на сайте онлайн
ПодробнееПошаговая инструкция: как зарегистрироваться на сайте, как пополнить свой личный счет на сайте, как оплатить нужную книгу
ПодробнееВы правообладатель книги/книг? Просим Вас связаться с нами для составления авторского договора и для оформления авторских отчислений за проданные книги
ПодробнееКак купить книгу, если я не в Узбекистане?
Почему нельзя скачать в формате PDF?
Как читать книгу без интернета?
и другие Ваши ВОПРОСЫ и наши ОТВЕТЫ
2016
Узбекский (кир)
64
978-9943-27-719-9
6400 сум
Рейтинг посетителей |
HECh NARSA QILMAYDIGAN KUN
Dangasa deb nom chiqargan bir yigit o‘tmishini gapirib berib, yordam so‘radi. Uning muammosi maktab paytida paydo bo‘libdi. U 5–6-sinfda o‘qiydigan paytdan boshlab maktab ga borishni, partada o‘tirishni, dars tayyorlashni yomon ko‘rib qolibdi. Darslarga bormaslik uchun har xil bahonalar o‘ylab topar, ertalabdan «mazam bo‘lmayapti», deb o‘rnidan tura olmay, o‘zini behush qilib ko‘rsatib yotar ekan. Onasi yolg‘iz o‘g‘lini eru ko‘kka ishonmay, aytganlarini qilib o‘rgatib qo‘ygan ekan. Onasi maktab o‘qituvchilariga har xil kasallik varaqalari olib kelib, iloji boricha maktabga kamroq boradigan qilib qo‘yibdi.
Chunki o‘g‘li ertalab «maktabga bormayman, bo‘lmasa o‘zimni bir narsa qilib qo‘yaman», deb shart ham qo‘yadigan bo‘libdi. Uning asl sababini bilmagan ona, bolasining ko‘ngliga qarab, o‘z holiga qo‘yib beribdi. Maktab paytlari ham o‘tib ketibdi. Institut to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas ekan. Chunki unda bilim ham, sabr-toqat ham, ishtiyoq ham yo‘q ekan.
Endi birorta hunar o‘rgansin deb, ona ishbilarmon amakisiga yordam berib, ish o‘rgansin degan fikrda qayinukasiga iltimos qilibdi. Lekin amakisi uni ishga xohishi yo‘q, yalqov, dangasa deb urishib, koyib, hunardan ham sovutib yuboribdi.