Эндиликда сайтимиздан нафақат электрон, балки қоғозли китобларга ҳам буюртма беришингиз мумкин. Буюртмангиз Ўзбекистон почтаси орқали манзилингизга етказилади.


Ҳаётга иштаҳа

Ҳаётга иштаҳа
Кўрганлар, жами:

2713

Кўрганлар, сентябрда:

286

Нашр йили:

2016

Китобнинг тили:

Ўзбек (кир)

Бетлар:

64

ISBN рақами:

978-9943-27-719-9

Ўзбекистонда эмасмисиз? Унда, китобга тўлов қилиш учун Kitob.Ruга ўтинг!
Электрон китоб (0.7Mb) :

2000 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Мундарижа
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар
Taniqli psixolog Ozoda Turmuxamedovaning navbatdagi e’tiboringizga havola etilayotgan kitobida bola tarbiyasida yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar, ularning oqibatlari, bizni o‘rab turgan muhitning bola ongiga ta’siri va ularni bartaraf etish yo‘llari hayotiy misollar orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
  1. Hech narsa qilmaydigan kun
  2. Eb yotganga tog‘ chidamas
  3. Zerikarli turmush
  4. Hayotga ishtaha
  5. Inson hayotidagi inqirozlarning asl sababi

HECh NARSA QILMAYDIGAN KUN

Dangasa deb nom chiqargan bir yigit o‘tmishini gapirib berib, yordam so‘radi. Uning muammosi maktab paytida paydo bo‘libdi. U 5–6-sinfda o‘qiydigan paytdan boshlab maktab ga borishni, partada o‘tirishni, dars tayyorlashni yomon ko‘rib qolibdi. Darslarga bormaslik uchun har xil bahonalar o‘ylab topar, ertalabdan «mazam bo‘lmayapti», deb o‘rnidan tura olmay, o‘zini behush qilib ko‘rsatib yotar ekan. Onasi yolg‘iz o‘g‘lini eru ko‘kka ishonmay, aytganlarini qilib o‘rgatib qo‘ygan ekan. Onasi maktab o‘qituvchilariga har xil kasallik varaqalari olib kelib, iloji boricha maktabga kamroq boradigan qilib qo‘yibdi.

Chunki o‘g‘li ertalab «maktabga bormayman, bo‘lmasa o‘zimni bir narsa qilib qo‘yaman», deb shart ham qo‘yadigan bo‘libdi. Uning asl sababini bilmagan ona, bolasining ko‘ngliga qarab, o‘z holiga qo‘yib beribdi. Maktab paytlari ham o‘tib ketibdi. Institut to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas ekan. Chunki unda bilim ham, sabr-toqat ham, ishtiyoq ham yo‘q ekan.

Endi birorta hunar o‘rgansin deb, ona ishbilarmon amakisiga yordam berib, ish o‘rgansin degan fikrda qayinukasiga iltimos qilibdi. Lekin amakisi uni ishga xohishi yo‘q, yalqov, dangasa deb urishib, koyib, hunardan ham sovutib yuboribdi.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Хаётга иштаха