Китоб қандай ўқилади?

Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда

Батафсил

Китобни қандай сотиб олиш мумкин?

Кетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш

Батафсил

Сиз муаллифмисиз?

Ҳурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз

Батафсил

Савол-жавоблар

Агар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин?
Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман?
Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин?
ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз

Батафсил

Ўн беш ёшли капитан

Ўн беш ёшли капитан
Кўрганлар, жами:

25165

Муаллиф:

Таржимон:

Малик Раҳмон

Нашр йили:

2012

Тили:

Ўзбек (лот)

Бетлар:

356

ISBN рақами:

978-9943-08-846-7

Китоб маҳсулотларининг характеристикалари, етказиб бериш шартлари, ташқи кўриниши ва ранги ҳақидаги маълумотлар фақат маълумот учун мўлжалланган ва жойлаштирилган пайтда мавжуд бўлган энг сўнгги маълумотларга асосланади.
Парчани ўқинг
Электрон китоб
Эътибор беринг "Сотиб олинган китоблар қандай ўқилади?" бўлими билан танишиб чиқинг!

9500 сўм

Сотиб олиш

Рейтинг

  • Аннотация
  • Китобдан парча
  • Фикр ва мулоҳазалар

Asrlar osha qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelinayotgan mazkur asarda o‘n besh yoshli kapitan – Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi. Jumladan, Janubiy Afrikada kechgan xunrezliklar, qullar savdosi bilan bo‘liq ayanchli voqealar, turli xavf-xatarlarga qolgan kapitan Dik va sayohatchi do‘stlari – xizmatchisi Gerkules, missis Ueldon va uning kichik o‘g‘li Jek, xayolparast olim Benedikt tog‘aning boshidan kechirganlari sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

JYUL VERN VA UNING «O‘N BESH YOSHLI
KAPITAN» NOMLI ROMANI

1828-1905-yillarida yashagan fransuz yozuvchisi Jyul Vern o‘zining ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan shuhrat qozongan. Jyul Vernning «Havo sharida besh hafta» nomli birinchi romani 1863-yilda bosilib chiqdi. Shundan beri qariyb yarim asr davomida yozuvchi har yili goh bitta, goh ikkitadan yangi asar yaratdi. Bu asarlarning ko‘p qismi uning «Ajoyib va g‘aroyib sayohatlar» nomli oltmish besh jild romanlar turkumini tashkil etdi. Jyul Vern romanlarida mazmundagi jozibadorlik har vaqt dunyoni o‘rganishga yordam beradigan juda ko‘p va turli-tuman ma’lumotlar bilan chambarchas chatishib ketadi. Bu ma’lumotlar zo‘rma-zo‘raki emas, balki voqealarning davomida muallif tilidan aytilgan hikoyadek ravon ketaveradi. Yozuvchi o‘z romanlarida geografiyadan tortib astronomiyagacha, matematikadan tortib zoologiyagacha — har bir fan ma’lumotlaridan juda mohirlik bilan foydalanadi. Jyul Vern romanining jasur qahramonlari qayerlarda bo‘lmaganlar-ku, nimalarni ko‘rmaganlar! Bu qahramonlar o‘zlarining ajoyib sayohatlari vaqtida hamma dengiz va okeanlarni kezib chiqadilar, tog‘ cho‘qqilariga ko‘tariladilar, dengizlarning sirli chuqurliklariga tushadilar, Jyul Vernning qahramonlari, hatto sayyohlar Shimoliy va Janubiy qutblarni topmasdan va tekshirmasdan ancha burun u yerlarga yetib borgan edilar. Fantaziyasi boy yozuvchi Yer sayyorasi doirasi bilan cheklanib qolmasdan, o‘z qahramonlarini kosmik fazolarga olib chiqadi, ularni Oyga va benihoya uzoq yulduzlar olamiga uchishga majbur qiladi. Jyul Vern o‘z romanlarida XIX asrdagi ilg‘or olimlarning kashfiyot va nazariyalaridan ustalik bilan foydalandi. Yozuvchi fan va texnikaning kelgusidagi rivojlanish yo‘li va imkoniyatlarini nazarga olib, aksari ko‘p yillar keyin keladigan ishlarni oldindan ko‘rdi va kelgusining texnikasini tasvirlab berdi.

Комментарий қўшиш
Фикр ва мулоҳаза билдирилмади. Биринчи бўлинг!


Шу китобни қуйидаги ном билан ҳам излашмоқда:

Ун беш ёшли капитан