Silk Road Publishing (M) * (Kitob dukoni)
Manzil:
г. Ташкент, Юнусабадский р-н, ул.Шарафа Рашидова, 71б
Telefon:
+998909592526 / +998935668854
E-mail:
srpublishing.uzbekistan@gmail.com
Tashkil etilgan yil:
2018
“SILK ROAD PUBLISHING” nashriyoti 2018 yildan noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Nashriyotda asosan, ma’rifiy-madaniy, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy, ijtimoiy-publisistik yo‘nalishdagi adabiyotlar nashr etiladi. Nashriyot jamoasida dunyoqarashi keng, zamon bilan hamnafas fikrlaydigan 10 ga yaqin yosh iste’dodli mutaxassislar, hamda shtatdan tashqari tarjimonlar jamoasi, chetdan taklif etilgan maslahatchi mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Nashriyotda yiliga 15 dan ortiq nomdagi kitoblar o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida chop etiladi. Bugunga kelib nashr etilgan kitoblarning adadi 50 000 nusxani tashkil etdi. Nashriyot sifat va mazmun uyg‘unligini shior qilgan holda faoliyat olib borishi muntazam ravishda o‘z natijasini berib kelmoqda. Nashriyot shu oz fursat ichida chet elda 2 ta vakolatxona ochdi. “SILK ROAD PUBLISHING” nashriyoti 2018 yildan boshlab noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Nashriyotda asosan ma’rifiy-madaniy, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy va ijtimoiy-publisistik yo‘nalishdagi adabiyotlar chop etiladi. Nashriyot jamoasida dunyoqarashi keng, zamon bilan hamnafas fikrlaydigan 10 ga yaqin yosh iste’dodli mutaxassislar hamda shtatdan tashqari tarjimonlar jamoasi, chetdan taklif etilgan maslahatchi mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Nashriyotda yiliga 15 dan ortiq nomdagi kitoblar o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida chop etiladi. Bugunga kelib nashr etilgan kitoblarning adadi 50 000 nusxaga yetdi. Nashriyot sifat va mazmun uyg‘unligini shior qilgan holda ish olib borishi muntazam ravishda o‘z natijasini berib kelmoqda. Nashriyot shunday oz fursat ichida chet elda 2 vakolatxona ochdi. Shuningdek, “SILK ROAD PUBLISHING” nashriyoti Xitoy Xalq Respublikasining yirik nashriyot va mualliflari bilan tarjima asarlar chop etish borasida yaqindan hamkorlik yuritib kelmoqda. Xitoyning B&R Book Program, China Classics International, BIBF, Buyuk ipak yo‘li kutubxonasi kabi loyihalari doirasida kitoblar chop etib kelmoqda. Nashriyotning xalqaro loyihalardagi ishtiroki The Commercial Press, Duzhe Press, Shandong Science and Technology Press, Shanghai Scientific & Technical Publishers kabi nashriyotlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Joriy yil sentyabrda Samarqand shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti chog‘ida “SILK ROAD PUBLISHING” nashriyotida chop etilgan asarlar yangi besh yulduzli mehmonxonalarda delegasiya a’zolariga taqdim qilindi. Xossatan, Xitoy Xalq Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi elchisi Van Ivey qalamiga mansub, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga bag‘ishlangan “Skvoznoy mir” asari katta qiziqishga sabab bo‘ldi. “Jenmin jibao” ro‘znomasining 2022 yil 24 sentyabr sonida nashriyot faoliyatiga doir maqola chop etilib, unda “SILK ROAD PUBLISHING” nashriyotining ikki mamlakat o‘rtasida madaniy aloqalar o‘rnatish yo‘lida olib borayotgan ishlari yuksak baholandi. Nashriyot tarjima asarlar chop etish barobarida o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillarga o‘girish, boshqa mamlakatlarda ularning taqdimotlarini uyushtirish bilan ham shug‘ullanadi. Hozir Abdulla Qodiriy, O‘tkir Hoshimov kabi taniqli adiblarimiz asarlari xitoy tiliga tarjima qilinmoqda. “SILK ROAD PUBLISHING” nashriyoti kelgusida tarjima asarlar sonini yiliga o‘rtacha 100 taga yetkazib, bunda o‘zbek asarlarining chet tillarga tarjimasi ulushini oshirib borishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilgan va bu borada qator loyihalar ishlab chiqqan. “SILK ROAD PUBLISHING” nashriyoti bugungi kunda mualliflik huquqi daxlsizligiga katta urg‘u bergan holda, huquqbuzarlik, kitoblarni ruxsatsiz tarjima qilish va chop etish, elektron shakllarini tarqatishni qattiq qoralaydi. Shu boisdan ham raqobat notengligiga qaramay, mualliflik huquqlarini qonun doirasida shartnoma asosida xarid qilishni davom ettirmoqda. Tajribali tarjimonlar jamoasi, dizaynerlar, chet mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar, muallif huquqlari borasida xorijiy yozuvchilar uyushmalari bilan hamkorlik – nashriyotning kuchli tomonlari deya e’tirof etish mumkin.