Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Ergashboy Matyoqubov Alisher Ravshanov
2021
O'zbek (lot)
576
978-9943-7200-1-5
Mavjud emas
Reyting |
Yozgan tarixiy asarlari jahon bestsellerlari ro‘yxatida o‘z o‘rniga
ega bo‘lgan, bir qancha mukofotlar sohibi, turk adibi — Okay
Tiryakio‘g‘lidan o‘tkir syujetli yana bitta roman sizlar uchun armug‘on qilindi.
Endi siz “Abdulhamid” bilan birgalikda Usmonlilar tarixining jumboqli va qizg‘in davrini yashashga tayyor turing. Sulton Abdulhamidning sir-sinoatga to‘la saroyiga qadam tashlar ekansiz, buyuk sultonning xalqaro siyosiy muzokaralarida o‘zingiz ham ishtirok etayotganday bo‘lasiz.
“Birodarlik jamiyati” deb nomlanuvchi guruhning yillar davomida tayyorlangan uchta anarxisti tomonidan Parijda boshlangan tartibsizliklarning Istanbulda uyushtirilgan suiqasdga borib taqalishining yechimi topilib, endi xammasi iziga tushadi deb o‘ylarkansiz, birdan o‘zingiz ham saroydagi voqealarning qoq markaziga tushib qolasiz. Go‘yoki sulton Abdulhamid oldida paydo bo‘lasiz. Ana endi siz o‘zingizni qi-ziqtirgan savollarning javobini topa boshlaysiz:
93-urushda nimalar bo‘lgan?
Falastin mojarolaridachi?
Konstitutsiyani qabul qilish jarayonlari qanday o‘tgan?
Parlament nega tarqatib yuborilgan?
“31 -mart voqealari” nimani bildiradi?
Sulton bilan josuslar o‘rtasidagi kizg‘in tortishuvlarda ishtirok etib, siz xam saroydagi hiyla-nayranglar o‘rtasida yurasiz. Do‘st-dushmanning, xiyonat va muhabbatning qayerdan qanday paydo bo‘lishini bilish qiyin bo‘lgan bu romanning bosh qahramoni obrazida shaxsan ishtirok etayotganday his qilasiz o‘zingizni.
Marhamat! Zavqlanib o‘qing!