Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Alisa mo‘jizalar mamlakatida

Alisa mo‘jizalar mamlakatida
Ko‘rganlar, jami:

9050

Muallif:

Tarjimon:

M. Zohidova

Nashr yili:

2016

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

208

Nashriyot:

Yangi asr avlodi

ISBN raqami:

978-9943-27-703-8

Parchani o'qing
Elektron kitob (1,2Mb)
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

6400 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Mundarija
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

«Alisa mo‘jizalar mamlakatida» deb umumiy nom berilgan mazkur kitobga biz bir qancha avlod vakillari sevib mutolaa qilgan va bugunning bolalari ham o‘qishi kerak bo‘lgan jahon adabiyotining eng sara ertaklarini jamladik. Ertaklar mavzuyi, ko‘lamidan qat’i nazar yosh kitobxon ko‘ngliga shunisi bilan yaqinki, unda mo‘jizalar orqali bolalar qalbi tarbiyalanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda bunday ma’naviy tuhfa, umid qilamizki, bolajonlarimizga munosib sovg‘a bo‘ladi.

  1. Lyuis Kerroll. Alisa mo‘jizalar mamlakatida.
  2. (M.Zohidova tarjimasi)
  3. Sharl Perro. Zolushka. (S.F.Ismoilova tarjimasi)
  4. Eduard Vavrushka. Izquvar Brok. (Ismoil Mahmud tarjimasi)
  5. Sergey Aksakov. Olov gul. (M.Zohidova tarjimasi)
  6. Yuriy Kazakov. Teddi. (O.Otaxon tarjimasi)
  7. Hans Kristian Andersen. Dyuymchaxon
  8. Ole-Luk-oye. (Usmon Qo‘chqor tarjimasi)
  9. Nozim Hikmat. Oshiq bulut.
  10. (G.Normatova tarjimasi)
  11. YOQUT XALQ ERTAKLARI
  12. (O.Madayev tarjimalari)
  13. Xamir polvon
  14. Koroх-simiriki
  15. Dono qiz
  16. Sis-Kuo
  17. Dumalab tushgan g‘o‘lacha
  18. Yegеy-Bеtuk va uning ajoyib tеgirmoni
Yoz kunlarining birida Alisa quyuq soyali daraxtning katta shoxida o‘tirar, opasi esa daraxt tagidagi maysada unga tarix kitobini o‘qib berardi. Alisaning qulog‘iga gap kirmaydi, chunki u suratsiz kitoblarni yaxshi ko‘rmaydi-da. – Alisa, diqqat bilan eshit. Dunyoda suratsiz bo‘lsa ham juda qiziq kitoblar ko‘p, – dedi opasi. – Bu olamda balki shundaydir, – xayolga berilgancha javob berdi Alisa. – Lekin mening ola mimda, agar u mavjud bo‘lsa, hamma kitoblar faqat suratli bo‘ladi. Alisa o‘zining Dina laqabli kichkina mushukchasini ushlab oldi-da, daraxtdan tushdi: – Mening olamimda sen Miyov emas, balki Rahmat, Alisa xonim degan bo‘lar ding. Mening olamim – Mo‘jizalar Mamlakati deb atalgan bo‘lar edi. Birdan u shu atrofdan yugurib o‘tib ketayotgan Oq Quyonni ko‘rib qoldi. Quyon kostyum kiyib olgan, qo‘lida kattakon soat. U soatga qarab, vaqtni bilish uchun to‘xtadi. – Voy, – qichqirdi u, – kech qolayapman, kech qolayapman! – Qiziq, – hayron bo‘ldi Alisa. – Quyon qayerga kechikishi mumkin? Demak, juda muhim uchrashuv ekan-da! Qiz yo‘lka bo‘ylab Quyon ortidan yugurdi. – Janob Quyon! – baland ovozda chaqirdi u. – To‘xtang, iltimos! – Yo‘q, yo‘q, men juda kechikayapman, – javob qildi Oq Quyon yugurib ketayotib. – Hatto salom deyishga vaqt yo‘q. Hayr! Men kechikayapman, kechikayapman. U yana tezroq yugurdi. Alisa ham orqasidan chopdi-yu, faqat Quyonning katta inga kirib ketganini ko‘rishga ulgurdi, xolos. – Uchrashuv uchun juda g‘alati joy ekanmi? – o‘yladi Alisa qorong‘ilik ichiga qarab. Keyin ikkilanmasdan, Oq Quyon ortidan o‘sha chuqurlik sari sho‘ng‘idi. Qizning ko‘ylagi xuddi parashut singari yoyilib ketdi va tushish tezligini pasaytirdi. Qandaydir pastlikka uchib tushar ekan, yo‘lida o‘sha yer osti qasrining devorlaridagi ko‘zgu va suratlarni bir chiroq yoritib o‘tib ketganini ko‘rdi. Nihoyat, quduqning tagiga yetdi. Xayolida bunga juda ko‘p vaqt ketgandek edi.
Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!