Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2012
Rus, O'zbek (kir), Ingliz
54
Mavjud emas
Reyting |
Mazkur inglizcha-o‘zbekcha-ruscha o‘quv lug‘ati umumiy o‘rta ta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar, shuningdek, ingliz tilini o‘rganishni boshlagan oliy o‘quv yurti talabalari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Lug‘at eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlarni, shu bilan bir qatorda, ayni paytda amalda qo‘llanilayotgan ingliz tili darsliklarida uchraydigan so‘zlarni ham imkon darajasida qamrab olgan. Lug‘atdan o‘quvchi ingliz tilini o‘rganish samaradorligini oshirish maqsadida dars jarayonida hamda uyda foydalanishi mumkin. Ushbu uch tillik lug‘atning boshqa lug‘atlardan farqli tomoni shundaki, bu lug‘atdan ona tilisi o‘zbek tili bo‘lgan o‘quvchi inglizcha so‘z va uning ona tilidagi ma’nolari bilan bir qatorda, xohishga ko‘ra, uning ruscha ma’nolarini ham o‘rganishi mumkin. Ona tilisi rus tili bo‘lgan o‘quvchi uchun esa buning aksi bo‘lishi mumkin, ya’ni u inglizcha so‘z va uning ma’nolarini ona tili va o‘zbek tillarida o‘rganish uchun qulay sharoitga ega bo‘ladi. Ham o‘zbek tili, ham rus tilini yaxshi biladiganlar uchun esa, bu lug‘at ularni inglizcha so‘zning keyingi ikki tildagi ma’nolarini taqqoslash va u haqda umumiy tasavvurga ega bo‘lish orqali uni o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu uch tillik lug‘at qiyosiy xarakterga ega bo‘lib, u har bir o‘quvchiga bir vaqtning o‘zida uchta tilni egallashdek ajoyib imkoniyatni beradi.