Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2008
O'zbek (kir)
75
6000 so'm
Reyting |
Istiqlol tufayli mamlakatimizda rahbar kadrlarga nisbatan bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Ayni paytda muhtaram Yurtboshimizning sa’y-harakatlari, doimiy talabchanligi tufayli rahbar kadrlar ongida, dunyoqarashi va ma’naviyatida ham ulkan ijobiy evrilishlar yuz berdi. Komil ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bu sohada jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlaridagi rahbarlar uchun aynan Prezidentimizning faoliyati, kuyinchakligi, elim deb, yurtim deb yonib yashashi o‘ziga xos maktab va tengsiz ibrat namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Yurtimiz etakchisining rahbarlardan doimiy talabi ham o‘ziga yarasha qat’iy va prinsipial. Aynan Yurtboshimiz ayrim ko‘zlarini yog‘ bosib qolgan amaldorlarning kamchiliklarini ayovsiz fosh etib, xalqimiz minnatdorchiligiga, olqishiga sazovor bo‘lmoqda. Mazkur to‘plamda Prezidentimiz Islom Karimovning barcha bo‘g‘inlardagi bugungi kun rahbarlari hamda zamonaviy rahbarlik qanday bo‘lishi lozimligi xususidagi qimmatli fikrlari jamlangan. Zero, Mustaqillik yillarida Prezidentimizning komil rahbar va zamon talablariga mos rahbarlik borasida shakllangan muhim konsepsiyasi har tomonlama izchil o‘rganishni taqozo etmoqda. Mazkur risola bu borada tashlangan daslabki qadamlardan biri bo‘lib qoladi, degan umiddamiz.