Серверда душанба кунигача (21 октябр 2019 йил 11:00 гача) техник ишлар олиб бориляпти. Ҳарид қилинган китобларни ўқиш ва юклашда муаммолар бўлиши мумкин.
Вақтинчалик ноқулайликлар учун узр сўраймиз!
Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q

G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Ko‘rganlar, jami:

9911

Janr/bo‘lim:

Romanlar, hikoyalar

Nashr yili:

2016

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

240

Nashriyot:

Yangi asr avlodi

ISBN raqami:

978-9943-27-668-8

Parchani o'qing
Elektron kitob (2,5Mb) :

7400 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar
Atoqli nemis yozuvchisi Eriх Mariya Remark ijodi bilan kitobхonlarimiz uning «Uch og‘ayni» romani orqali tanishganlar. Mana endi adibning yana bir mashhur romanini e’tiboringizga havola qilayotirmiz. Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan.

I
Oldingi marradan to‘qqiz chaqirim berida turibmiz. Kecha bizni almashtirishdi; hozir qornimiz to‘q – go‘shtli loviya bo‘tqaga burnimizdan chiqquncha bo‘kkanmiz, og‘zimiz qulog‘imizda. Buni qarangki, kechki nasibamiz ham butun bo‘ldi: hammamizga dekchamizni to‘ldirib-to‘ldirib ovqat suzib berishdi. Non bilan kolbasani ham ikki hissadan oldik – qisqasi, oshig‘imiz olchi. Ko‘pdan buyon bunaqasi bo‘lmagandi. Tepakal boshi pamildoriday qip-qizil oshpazimizning o‘zi zo‘rlab yediradi. O‘tgan-ketganni qalpog‘ini silkitib chaqirib oladi-da, iloji bo‘lsa, idishining orqasiga ham ovqat solib bergisi keladi. U qozoni bo‘shamayotganidan хunob. Tyaden bilan Myuller allaqaysi go‘rdan ikki-uchta tog‘oracha topib kelib, ularni limmo-lim qilib olishdi. Bu ishni Tyaden mechkayligidan qildi. Myuller esa – ehtiyotkorligidan. Tyadenning yegani qayoqqa ketadi – hammaga jumboq. Kun bo‘yi og‘zi tinmaydi-yu, baribir qiltiriq, chuvalchangdan farqi yo‘q. Eng zo‘ri – chekishdan yolchidik. Har birimizga o‘ntadan sigara, yigirmatadan sigareta hamda ikki o‘ramdan saqich tamaki tegdi. Men tamakini Katchinskiyning sigaretalariga almashtirib oldim, hazil gapmi, hozir yonimda qirqta sigareta bor. Mayli-da, harna bir kunga cho‘ziladi-ku. Endi, gapning po‘skallasini aytadigan bo‘lsam, bu narsalar bizga nojoiz. Bunday hotamtoylik boshliqlarimizning tushiga ham kirmaydi. Bu gal bir omadimiz kep qoldi-da. Ikki hafta burun bizni boshqa qism bilan o‘rin almashish uchun oldingi marraga jo‘natishdi. Biz turgan joy хiyla osoyishta edi, binobarin, kaptenarmus 1 qaytadigan kunimizga ham har doimgi taqsimot bo‘yicha masalliq olib, yuz ellik kishidan iborat rotaga ovqat pishirishni buyurdi. Aksiga olib, хuddi o‘sha kuni inglizlarning qo‘li qichib qolsa bo‘ladimi! Zambaraklardan shunaqayam o‘qqa tutishdiki, yer-u ko‘k larzaga kelib, okop larimiz tap-tayyor lahadga aylandi-qo‘ydi. Bir mahal qarasak, bor-yo‘g‘i sakson kishigina omon qolibmiz. Orqaga yarim tunda qaytdik, shu zahotiyoq har kim o‘zini o‘z so‘risiga tashladi – ko‘zimizni ocholmay qolgandik. Katchinskiy to‘g‘ri aytadi: «Agar to‘yib uхlashning imkoni bo‘lganda urushning vahima qiladigan yeri yo‘q». Lekin oldingi marrada uхlab bo‘ladimi? Ikki hafta ozmuncha fursat emas. Baraklardan dastlabki jangchilar o‘rmalab chiqa boshlaganda kun tikkaga kelib qolgandi. Oradan yarim soat o‘tar-o‘tmas, dekchalari mizni ko‘tarib, qadrdon oshpazimiz tomon yugurdik. Undan lazzatli taom hidi ufurardi. Tabiiy ki, ishtahasi o‘pqonlar har galgiday navbatning boshiga turvoldi: pak-pakana Albert Kropp, rotadagi eng aqlli yigit, shundan bo‘lsa kerak, mana endigina yefreytorlikka ko‘tarildi; Myuller Be shinchi, imtiyozli asosda imtihon topshirish orzusida hanuzgacha darsliklarni qo‘ltiqlab yuradi, o‘q do‘lday yog‘ilib turgan payt da ham fizika qonunlarini hijjalaydi; butun yuzini soqol qopla gan Leyer zobitlarga mo‘ljallangan fohishaхonalardagi oyimtillalarga ishqiboz. Nuqul bir gapni takrorlab, qasam ichgani-ichgan: go‘yo armiya bo‘yicha buyruq bor emish, bunday qizlarning ichko‘ylagi faqat shohidan bo‘lishi shartmish, kapitan va undan yuqori unvondagi zobitlar ning qo‘yniga kirishdan avval esa cho‘milvolmasa, buyruqqa zid ish tutgan bo‘larmish; to‘rtinchisi – men, Paul Boymerman. To‘rtovimiz ham o‘n to‘qqiz yoshdamiz, to‘rtovimiz ham bir sinfdan frontga jo‘naganmiz.

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!