Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Kechalari musiqa chalgan mushuk

Kechalari musiqa chalgan mushuk
Ko‘rganlar, jami:

5064

Muallif:

Tarjimon:

Miraziz A’zam

Nashr yili:

2013

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

104

Nashriyot:

Extremum press

ISBN raqami:

978-9943-4101-9-0

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

9200 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Mundarija
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Hech zamonda mushuk ham musiqa chaladimi? Chalsa qanday chog'larda chaladi yoki chalgandek bo'ladi. Bola ilk bora qachon, necha yoshda tush ko'radi? Bir bolaning xayoliga o'xshagan xayol boshqa bolada ham bo'lishi mumkinmi? Ularni xayolchi do'stlar desa boiadimi? Bolalar bilan otalarning yoki bobolarning orasi qanday? Eng hazilkash do'stlarga boshqalarning munosabati qanaqa? Odamning yomg'irda ho‘1 bo'lmaydigan payti ham bo'ladimi?
Bu kitobdan bolalar bilan do'stlashishning uddasidan chiqqan, ularning eng yaqin sirdosh do'sti, yaqiniga aylangan Mustafo Ruhi Shirinning yuqoridagi savollarga javob beruvchi jajji va samimiy hikoyalari o'rin olgan. Hikoyalarning ayrimlari “Ma'rifat” gazetasida ham e'lon qilingan bo'lib, adabiyoе ixlosmandlari va adabiyotshunos mutaxassislar tomonidan iliq kutib olingan. Taniqli yozuvchi va bolalar shoiri Miraziz A'zam tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan mazkur hikoyalar kelajagimiz vorislari hisoblangan bolajonlarimizni tevarak-atrofga, ota-ona, bobo- buvilarga, sinfdosh, mahalladosh do'st-o'rtoqlarga, umuman hamma-hammaga nisbatan e'tiborli, mehr-oqibatli bo'lishga o'rgatadi.

  • OQ O‘YIN DARAXTI
  • Muallif haqida
  • Xo‘roz Ali
  • Oq o‘yin daraxti
  • Qiziqchi ikki dev
  • Xayol-singil
  • Moviy aqchadon
  • Buyuk ezgulik farishtasi
  • UCHGAN TOSHBAQA
  • Birinchi tush
  • Uchgan toshbaqa
  • Xayol kabi odam
  • Otam, dengiz va men
  • Eng bola dada
  • So‘nggi tush
  • KECHALARI MUSIQA CHALGAN MUSHUK
  • Yomg‘irda ho‘1 bo‘lmagan qiz
  • Kechalari musiqa chalgan mushuk
  • Bola daraxti
  • Otam qachon keladi?

XO‘ROZ ALl

Xo‘rozi yengilganda, Ali duch kelgan odamga urilib-surilib tashqariga otildi.

Xo‘rozining orqa tirnog‘i singan, toji yaralangan, qanotidan bir necha pati ham uzilgandi. Qanaqa xo‘rozligining ahamiyati yo‘q. Yengilgan, qochgan xo‘roz bo‘lsa-da, u Alining xo‘rozi edi.

Uning xo‘rozi qochganligi butun qishloqda ovoza bo‘ldi.

Xo‘roz qochib zo‘rg‘a jonini saqlab qoldi. Xo‘rozining ketidan ketgani uchun Ali ham yengilgan sanalardi. Shu sababli ham u bir necha kun uyidan tashqariga chiqmadi. Qo‘nog‘ining ichida xo‘rozi bilan mashg‘ul bo‘ldi. Xo‘rozning yaralari tuzalishi uchun qo‘lidan kelgan hamma tadbirlarni qildi. Xo‘rozini mayiz, yong‘oq va qovoq danagiga o‘rgatdi. Ba'zan tosh bilan maydalangan novvot ushoqlarini ham emlariga aralashtirib bergan paytlari bo‘lardi.

- Ayb bo‘ldi. - der edi xo‘roziga, - Yoqubning xomsemiz xo‘rozidan yengilmasliging kerak edi!..
Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!