Texnik ish tufayli saytda kitoblarni onlayn o'qish va ilova orqali o'qish funksiyasi vaqtincha ishlamaydi.

Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Marsga hujum

Marsga hujum
Ko‘rganlar, jami:

10453

Muallif:

Tarjimon:

Amir Fayzulla

Nashr yili:

2016

Tili:

O'zbek (kir)

Betlar:

304

Nashriyot:

Yangi Asr Avlodi

ISBN raqami:

978-9943-27-612-3

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

9300 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

Amerikaning mashhur fantast yozuvchisi Rey Bredberining nomi va asarlari o‘zbek o‘quvchilariga ham yaxshi tanish. Endi adibning shoh asari «Marsga hujum»ni siz aziz fantastika ixlosmandlariga havola etmoqdamiz. Oltmish yoshida ilk marta uchoqqa chiqqan, uyida eski yozuv mashinkasidan boshqa bironta zamonaviy texnika uskunasi bo‘lmagan Rey Bredberi favqulodda quvvai zehni bilan olis-olis galaktikalarga xuddi fazogirlarday «sayohat» qiladi va mo‘’jizaviy taassurotlarini jahon ahli bilan baham ko‘radi. Muallifning fantastika vositasida bunday g‘aroyib «sayohat»lari zamirida ulkan majoziy ma’no yotadi – u Erdagi hayot, xususan, ona tabiatga munosabat allaqachon izdan chiqqanligini alam, o‘kinch va zaharxandalik bilan ifoda etadi. Hatto biz shaffof marsliklar istiqomat qiladi deb tasavvur etganimiz Mars sayyorasining ham mana shu odamlar allaqachon boshiga etib bo‘lganini alohida uqtiradi. Bu esa Erdagi har bir odamni chuqurroq o‘ylashga, hushyor bo‘lishga da’vat etadi.

ЯНВАРЬ 1999 РАКЕТА ЁЗИ
Ҳозиргина Огайо қиши ҳукмрон эди: эшик ва деразалар тақа-тақ ёпилган, ойналарни қалин қиров босган; томларнинг қирраларидан найзасимон сумалаклар осилиб турар, болалар тепалик лардан чанғиларда ўқдек учар, қора айиқ мўйнасидан тикилган пўстинли аёллар сирпанчиқ кўчаларда кезинар эдилар. Тўсатдан иссиқ ҳаво тўлқини шаҳар бўйлаб ёйилди, худди тасодифан очиқ қолган новвойхона эшигидан чиққан ҳовур сингари ҳамма ёқни иссиқ ҳаво қоплади. Уйлардан шовуллаб сувлар оқди. Буталар ва болаларнинг эгнилари ҳўл бўлди. Томлардан сумалаклар узилиб тушар, ерга тушиб майда-майда бўлар ва эриб кетар эди. Эшиклар ланг очилди. Осмонда булутнинг чоки сўкилди. Болалар эгниларидан свитерларини ечиб отдилар. Онажонлар ҳам айиқ мўйна пўстинларини елкаларидан ташладилар. Қор эриб, ўтлоқзорда бултурги майсалар мунғайиб кўринди. Ракета ёзи. Оғиздан-оғизга, уйдан-уйга шу икки сўз кўчиб юрар эди: Ракета ёзи. Худди чўл нафасидек қайноқ ҳаво деразалардаги муз нақшларни эритиб юборди, улар ўрнида нафис кашталар сузилиб кўринди. Чанғи ва конькилар бирдан керак бўлмай қолди. Аёзли осмондан тепалик устига қўнаётган қор ергача келмай, ҳаводаёқ қайноқ ёмғирга айланмоқда эди. Ракета ёзи. Одамлар ёмғир томчилари питрадай тўкилаётган айвондан бошларини чиқариб, қизара бошлаган осмонга қарар эдилар. Пуштиранг олов ва чўғдек ҳовур уфуриб турган космодромда ракета қаддини ғоз тутиб турар эди. Аёзли қиш тонгида ракета ўзининг қудратли оташ нафаси билан атрофни ёз қилиб юбораётганди. Ракета об-ҳаво яратмоқда ва бир неча лаҳзадан буён чор атрофда ёз ҳукм сурмоқда эди...

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!