Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
BatafsilKetma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish
BatafsilHurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
BatafsilAgar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
2017
O'zbek (lot)
128
978-9943-20-255-9
8600 so'm
Reyting |
«Yangi asr avlodi» nashriyotida bolalarning sevimli va ardoqli yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyevning asarlari bir necha yillardan beri qayta-qayta nashr etilmoqda.
Orangizda Xudoyberdi To'xtaboyevning asarlarini o'qimagan, yayrab, ko'zidan yosh chiqqudek miriqib kulmagan o'quvchi topilmasa kerak.
«Bir chelak gaz bersangiz bo'ldi», «Uyimda televizorim yo'q, seni olib ketib, qulog'ingni burab tomosha ko'raman, burningni bosib, ovozingni balandlataman», «Echkining terisidan kavush tikib oldi», «Osmondan tinmay yog'ilib turgan muzqaymoqlarni maza qilib yeyishdi» kabi bir-biridan qiziq iboralar-u o'xshatishlarga to'la hikoyalarni ushbu kitobda o'qiysiz.
Hikoyalardagi har bir qahramonning soddaligi, xushchaqchaqligi, olijanobligi, xayolparastligi, topqir-u shumligi zamirida yozuvchi o'quvchining ma'naviy dunyosini boyitadi, mehnatkash va bilimli bo'lishga undaydi.