Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

O‘zbek mumtoz musiqasi

O‘zbek mumtoz musiqasi
Ko‘rganlar, jami:

19319

Janr/bo‘lim:

Tarix, Musiqa

Nashr yili:

2008

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

112

Nashriyot:

Yangi Asr Avlodi

ISBN raqami:

978-9943-330-15-3

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

9200 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Mundarija
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar
O‘zbek mumtoz musiqasi o‘quv qo‘llanmasi musiqa va san’at kollejlari hamda akademik litseylar tizimidagi an’anaviy ijrochilik bo‘limlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘zbek xalqining boy merosi bo‘lmish mumtoz musiqasi janrlari haqida ma’lumot beriladi. Ko‘p asrlar davomida sozandayu xonandalar va baslakorlar tomonidan ijro etib kelinayotgan mumtoz musiqa namunalari — ashula, katta ashula, dostonlar va maqomlar — avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib, saqlanib, sayqal topib hozirgi kungacha rivoj olib kelmoqda. Mazkur qo‘llanmada mumtoz musiqaning har bir janri mavqei, mazmuni, shakli va ijro uslublari ma’lum darajada yoritilib beriladi.
  • Kirish
  • O‘zbek mumtoz musiqasi va uning xususiyatlari
  • Mumtoz musiqa janrlari tasnifi
  • O‘zbek mumtoz cholg‘u musiqasi
  • Mumtoz yalla va ashula janrlari
  • Katta ashula
  • O‘zbek dostonlari
  • O‘zbek maqomlari
  • Shashmaqom
  • Shashmaqomning cholg‘u bo‘limi
  • Shashmaqomning ashula bo‘limi
  • Xorazm maqomlari
  • Farg‘ona-Toshkent maqomlari
  • «Shashmaqom» tarkibidagi maqomlar xususida
  • Buzruk maqomi
  • Rost maqomi
  • Navo maqomi
  • Dugoh maqomi
  • Segoh maqomi
  • Iraq maqomi
  • Maqom ijrochiligi uslublari
  • Xulosa
  • Adabiyotlar
  • Notografiya
  • Diskografiya

O‘ZBEK MUMTOZ MUSIQASI VA UNING XUSUSIYATLARI

O‘zbek xalqining musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, u ko‘pchilik sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan an’anaviy musiqa san’ati ekanligi haqida guvohlik beradi. An’anaviy musiqa — bu badiiy jarayon bo‘lib, unga xalq tomonidan yaratilgan, asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalq musiqa ijodi yoki musiqa folklori va yetuk sozanda-bastakorlar tomonidan ijod etilgan mumtoz musiqasi kiradi. Bu ijodiyot namunalari og‘zaki an’anada saqlanib, sayqal topib, barkamol musiqa asari sifatida rivojlanib kelmoqda.

O‘zbek mumtoz musiqasi o‘tmishdan o‘zining teran ma’noga ega ekanligi, murakkabu mukammalligi va beqiyos an’analarni o‘zida mujassam etganligi bilan o‘zga xalqlar musiqasidan ajralib turadi. Ushbu musiqa ijodiyotida xalqimizning o‘tmish an’analari, boy va teran ma’nolarga asoslangan tarixi muhrlangan. Ularning har bir namunasi tarixdan bir sadodir. Binobarin, ularni qanchalik o‘rganmaylik, qanchalik sirlaridan voqif bo‘lmaylik, shunchalik yangi qirralari ochilib, o‘zining benazir xususiyatlarini namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan o‘zbek mumtoz musiqasini o‘rganish, ularda mujassam etilgan falsafiy g‘oyalarni anglash, tarix sadolarini uqib olish, ularning siru sinoatlarini idrok etish uchun bugungi kunda imkoniyatlar yetarli…

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!