Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Tuyg‘ularda rang - ranglarda tuyg‘u

Tuyg‘ularda rang - ranglarda tuyg‘u
Ko‘rganlar, jami:

5761

Janr/bo‘lim:

Tarix, Fan va ta`lim

Nashr yili:

2011

Tili:

O'zbek (kir)

Betlar:

134

Nashriyot:

Tafakkur

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

6800 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

...Rang tarixi, xalq og‘zaki ijodida qo‘llanilgan rang ramzlari, bularning yozma adabiyotga kirib kelishi va turkiygo‘y shoirlarning ranglardan foydalanish mahorati – ushbu tadqiqotda atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, gul obraziga doir fikr-mulohaza va tahlillar hech birovni befarq qoldirilmaydi, deb o‘ylayman. Rang sezgisi, rang orqali fikrlash, tuyg‘u va tushunchada rangga suyanish hamma uchun ham xos xususiyat yoki fazilat emas. Insonning rang vositasida aks ettirilgan his, hol, kayfiyatlarini yaxshi anglashi ichki bir nigohga bog‘liq. Aytaylik, rassom har narsadan oldin ko‘z bilan yashaydigan, narsa va borliqlarning mohiyatidan ko‘ra, rang va shakllariga yaqinlik sezadigan kishidir. O‘zgalarda oddiy bir mahorat samarasi bo‘lib ko‘ringan suvrat, ulkan shoirlarda hayajon hamda hayotiy qarashlarni ifodalaydigan alohida bir vosita holiga etkaziladi. Bugina emas, daho san’atkorlar ijodiyoti dinga, diniy-falsafiy ta’limot yoki dunyoqarashlarga rang “yo‘li” bilan ham borib bog‘lanadi. Sirdaryoxon imkon qadar tadqiqotida shu ishlarni o‘rgangan, inobatga olib fikr yuritgan. Ayniqsa, tasavvufdagi rang va rang ma’nolari bilan qiziqishi she’riy matnlarni dadil hamda ishonch ila tahlil va talqin qilishda unga juda qo‘l kelgan. Chunki rang sehri, rang jozibasi, rang taassurotlariga u o‘zicha ahamiyat bera olgan. Sirdaryoxonning tadqiqotini o‘qigan kishi bu dunyoda har bir haqiqat va holatning xususiy rangi borligiga, quvonch va shodlik, ezgulik va baxtiyorlik ranglari bilan qayg‘u va hasrat, alam va g‘ussa ranglari o‘zaro butkul qovushmasligiga to‘la ishonadi. Va rang, bo‘yoq, rangdorlik bo‘lmaganida, so‘zlar xira tortib, ko‘rksizlanib, fikru tuyg‘ular go‘zallikdan, latif-latif tovlanishlaridan mahrum bo‘lishiga hech shubhalanmaydi...

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!