Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Yetim qolgan opa-uka (Qushlar)

Yetim qolgan opa-uka (Qushlar)
Ko‘rganlar, jami:

6613

Janr/bo‘lim:

Bolalar adabiyoti, Ertaklar

Muallif:

Tarjimon:

Miraziz A’zam

Nashr yili:

2006

Tili:

O'zbek (lot)

Betlar:

240

Nashriyot:

Sharq

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko'rinishi va rangi haqidagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo'lgan eng so'nggi ma'lumotlarga asoslanadi.
Parchani o'qing
Elektron kitob
E'tibor bering "Sotib olingan kitoblar qanday o'qiladi?" bo'limi bilan tanishib chiqing!

5100 so'm

Sotib olish

Reyting

  • Annotatsiya
  • Mundarija
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

XX asr Skandinaviya so‘z san’ati o‘rmonidagi eng qudratli daraxt deb ta’riflangan, norveg adabiyotining atoqli namoyandasi Taryey Vesos (1897—1970) o‘nlab romanlari, qissa va hikoyalari hamda dramalari, she’rlari, publitsistik asarlari bilan shuhrat qozongan. «Inson farzandi» (1923), «Qora otlar» (1928), «Ota sayohati» (1930), «Katta o‘yin» (1934), «Ayol kishiga uy kerak» (1935), «Yurak Vatanni unutmaydi» (1938), «Nihol» (1940), «Qushlan» (1957) kabi romanlari va boshqa asarlari o‘n ikki tilga, shu jumladan, ingliz, fransuz, nemis, rus tillariga ham tarjima qilingan.
Yozuvchining «Qushlar» romanida (biz uni «Yetim qolgan opa-uka» deb oldik) Norvegiyaning chekka bir qishlog‘ida ota-onasiz qolgan ikki yosh — Xege ismli qiz va Mattis ismli dovdir bolakayning ulg‘aygan yillardagi 6—7 oylik mashaqqatli hayoli aks ettirilgan. Romandagi sharq adabiyotiga xos shoirona til va pokiza ruhiyat olami, teran ruhiy tahlillar, ichki kechinmalar, o‘rni-o‘rnida kelgan nozik yumor, jumlalarning tagdor mazmunlarga boyligi har qanday kitobxonga ham katta ma’naviy zavq beradi degan fikrdamiz.

  • Yetim qolgan opa-uka (Qushlar). Roman
  • Qishning so‘nggi kunlari. Hikoya
BIRINCHI QISM

Oqshom Mattis osmonni ko‘zdan kechirdi. Bulut yo‘q edi. Shunda u opasi Xegening ruhini ko‘tarish maqsadida:

— Sen chaqmoqqa o‘xshaysan, — deb qo‘ydi.

Shunday deyishga dedi-yu, o‘zi seskanib ketdi, ammo osmon musaffo bo‘lgani uchun, darrov o‘zini bosib oldi.

— To‘quv simlaringni nazarda tutyapman, ular chaqmoqday yilt-yilt qiladi, — deb izoh berdi u.

Xege to‘qishini to‘xtatmasdan loqayd bosh silkib qo‘ydi. Qollarida simlari lipillardi. U to‘qilishi qiyin bolgan sakkizta gulbargli gulni bitkazayotgan edi. Yaqin orada bu libos yigitlardan birining egnida yal-yal ochilib turishi turgan gap.

— Tushunarli, — deb qo‘ya qoldi Xege.

— Men seni yaxshi bilaman-da o‘ziyam, — dedi Mattis.

U bir nima haqida qattiq o‘ylay boshlasa, barmog‘ini tizzasida u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa yurgizardi. Hozir ham shu qilig‘ini qildi. Xege esa undan bu beo‘xshov odatini tashlashni so‘rayverib zerikkan, endi buni iltimos qilmay qo‘ygandi.

— Sen to‘qishni ham, har qanaqa ishni chaqmoqday ado etasan, — Mattis gapida davom etdi.

— Balkim, — dedi opasi...

Kommentariy qushish
Fikr va mulohaza bildirilmadi. Birinchi bo'ling!