Adhambek Alimbekov *
Adhambek Alimbekov (Alimbekov Adhambek Kamolovich) 1954-yil 11-aprelda Chimkent viloyati, Bugun tumanining “Kommunizm” (endilikda “Qo‘sh tegirmon”) qishlog‘ida tavallud topdi. 1971-yili Hamza nomidagi 30-o‘rta maktabni aʼlo “Oltin medal” ga tugatib, Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. 1976-yili universitetni muvaffaqiyatli, “Qizil diplom” bilan bitirib, aspiranturaga olib qolindi. 1982-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi darajasini oldi. Aspiranturani tugatib, ToshDUda ( hozirda O‘zMU) talabalarga o‘zbek va jahon adabiyoti fanlaridan dars berdi. Ko‘plab maqola va o‘quv programmalari muallifi Adhambek Alimbekov 1995-yili dotsent unvoniga sazovor bo‘ldi.
Alisher Navoiy, Oraziy, Oybek, G‘afur G‘ulom, Mirtemir, Chingiz Aytmatov, Ibroyim Yusupov, Muhammad Ali, Azim Suyun, Mirpo‘lat Mirzo, Muhammad Yusuf, Mahmud Toir, Sirojiddin Sayyid, O‘ktam Mirzayor, Mengboy Murodov, Tursun Ali va boshqa ijodkorlar haqida ilmiy maqolalar, va o‘zbek tilida nashr qilingan turk adiblaring kitoblarga so‘zboshilar yozgan. Uning “Ishq asiri bo‘lgan jon” (1996), “Turk adabiyoti tarixi” (2005) o‘quv qo‘llanmasi, “Turk adabiyoti” (Monografiya. L. Aminova bilan hamkorlikda, 2016), “Yulduzning besh qirrasi” (2012 va 2017), “Latif sheʼriyat” (2014) ilmiy monografiyalari, “Bilib aytilgan so‘z” (2016), “Ezgulikka esh ko‘ngil” (2018), “Chingiz Aytmatov – dildoshimiz” risolalari, “Yaproq (kichik) hikoyalar” (2018) to‘plami nashr etilgan. O‘zbek adabiyoti namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilishda tashkilotchilik va faolliklari olqishga sazovordir...
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Do‘stlik” ordeni (2015) sohibi.
Поделиться с друзьями в соцсетях