Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Abduxalil Qoraboyev *

Abduxalil Qoraboyev

 

Abduxalil Qoraboev 1941 yil 21 sentyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 1965 yilda Toshkent davlat universitetini filologiya fakultetini tamomlagan.
Uning dilbar she’rlari adabiy jamoatchilik va adabiyot muxlislarining e’tiboriga sazovor bo‘lgan.
U shoir, yozuvchi, xalq ta’limi a’lochisi sifatida elning hurmatini qozongan.
1978 yil “Ko‘zlaringda quyoshcha o‘t”, 1998 yil “Tong yog‘dusi” va “Sizni sog‘inaman” nomli she’riy hamda “Ota mehri” hikoya va ocherklar to‘plamlari chop etilgan.
Abduxalil Qoraboev “Shonli mehnat”, “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”), “Qishloq haqiqati” gazetalarida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limida hamda ta’lim sohasida xizmat qilgan. Mustaqillik yillarida faol ijod qilgan Abduhalil Qoraboevning 2005 yilda “Qiyomat” biografik qissasi, 2011 yilda “Ko‘ngil” she’rlar to‘plami, “Men qishloqda yashayman” publisistik maqolalari to‘plami chop etildi.
Oilali, 5 nafar farzandning otasi