Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Abduqahhor Ibrohimov *

Abduqahhor Ibrohimov

 

Abduqahhor Ibrohimov Toshkentning Ko'kcha dahasida 1939 yilning 16 avgustida dunyoga kelgan. 1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o'qigan. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi San'at ishlari boshqarmasida bosh muharrir, 1990-1993 yillarda Respublika Prezidenti Devonida maslahatchi sifatida faoliyat ko'rsatadi. 1994 yildan buyon esa Respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» markazida xizmat qilmoqda. Abduqahhor Ibrohimovning «Arra», «Meni aytdi demang», «Zo'ldir», «Bir o'likka bir tirik», «Bu zamon o'g'loni», «Tusmol», «Sochqi», «Mayli, mayli», «Ofarin», «Puch», «Shayton yo'li» komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo'yilgan. Unga «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan. U keyingi paytda «Vatan tuyg'usi» (hamkorlikda), «Bizkim, o'zbeklar…», «Davlat tafakkuri nima?», «Millat ovozi» kabi yirik publitsistik kitoblarini va «Uyqu kelmas kechalar» romanlarini o'quvchilarga taqdim etdi.