Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Abdulla Ahmedovich Madaliyev

Abdulla Ahmedovich Madaliyev

 

MADALIYEV ABDULLA AHMEDOVICH (ABDULLA AHMAD MUHAMMAD ALI)

1952 yil 16 iyulda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent viloyati, Lenger tumani, Yorg‘olliq qishlog‘ida tavallud topgan.

Toshkent avtomobil transporti va yo‘llari institutining avtomobil va avtomobil xo‘jaligi fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha injener-mexanik.

Mehnat faoliyatini Toshkent qishloq xo‘jaligi (Tashselmash) zavodida oddiy ishchilikdan boshlagan. Mehnat faoliyatida trest boshqaruvchisi o‘rinbosari, “O‘zqishloqxo‘jtaʼminottaʼmir” davlat qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, “Soliq to‘lovchining jurnali” bosh muharriri, Toshkent avtomobil va yo‘llari institutida katta o‘qituvchi, Toshkent agrar universitetida dotsent, professor lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Iqtisodiyot fanlari doktori. 12 ta monografiya muallifi, 90 dan ziyod ilmiy maqolalari chop etilgan.

Jumladan:

1. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti milliy modelini yaratish asoslari. – T.: Fan, 2004. – 127 b.

2. Inson omili va taraqqiyot. – T.: O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2006.- 203 b.

3. Teoreticheskiye i prakticheskiye osnovi aktivizatsii chelovecheskogo faktora – T.: Gosudarstvennoye nauchnoye izdatelstvo “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2010. – 210 S.

4. Taʼlim va tarbiya uyg‘unligi – komil insonni shakllantirish garovi. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2011. – 100 b.

5. Garmonizatsiya obrazovaniya i vospitaniya – zalog formirovaniya razvitogo cheloveka – T.: Gosudarstvennoye nauchnoye izdatelstvo “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2012. – 100 S.

6. O‘zaro bog‘lanish qonuni va olamning shakllanishi – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2012. – 118 b.

7. Zakon vzaimosvyazi i formirovaniye Vselennoy – T.: Gosudarstvennoye nauchnoye izdatelstvo “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2012. – 104 S.

8. Chelovecheskiy faktor: razvitiye, soverщyenstvo i progress. – Germaniya, Lambert Academic Publishing, 2017, – 243 p.

9. Agrosanoat sektorini kompleks rivojlantirish konsepsiyasi. Monografiya. – T.: Navro‘z, 2020.

10. Agrosanoat sektori boshqaruvini demokratlashtirish konsepsiyasi. Monografiya. – T.: Navro‘z, 2020.

11. Agrosanoat sektorida ilmiy-texnik taraqqiyot va innovatsiyani rivojlantirish konsepsiyasi. Monografiya. – T.: Navro‘z, 2020.

12. Agrosanoat ishlab chiqarishini ilm-fan bilan integratsiyalash va taʼlimni yana-da takomillashtirish konsepsiyasi. Monografiya. – T.: Navro‘z, 2020.

13. Garmonizatsiya obrazovaniya i vospitaniya – Germaniya, Lambert Academic Publishing, 2021, – 243 p.

Shuningdek, Madaliyev Abdulla Axmedovich (Abdulla Ahmad Muhammad Ali) badiiy adabiyotning ham ixlosmandi. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 8 ta badiiy asari nashr etilgan.

Jumladan:

1. Sehrli ko‘l (1993 yilda G‘afur G‘ulom nashriyoti);

2. Ayiq va Tulki bolalari (2003 yilda “Sharq” nashriyoti);

3. Quyon bilan Tipratikan (2006 yilda “Fan” nashriyoti);

4. Tuya bilan Bo‘taloq (2006 yilda “Fan” nashriyoti);

5. “Qopqondagi ayiq” (2006 yilda “Fan” nashriyoti);

6. Bog‘iston (2006 yilda “Fan” nashriyoti);

7. Dildan sado (2015 yilda A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti);

8. Chamandan ifor (2021 yilda “Lesson Press” MCHJ nashriyoti).