Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Abdulla Boqiy *

Abdulla Boqiy
Haqiqiy ism va sharifingiz:

Abdulboqi Kenjaboev

 

Abdulla Boqiy 1978 yilning 15 aprelida Chortoq shahrida, oddiy ishchi oilasida tavallud topgan. O‘rta maktabni tamomlab, Chortoq hunar-texnika bilim yurtining hisobchilik yo‘nalishida 3 yil tahsil olgan Abdulboqi oliy o‘quv yurtiga kirish uchun Toshkentga yo‘l oladi. Ketma-ket muvaffaqiyatsiz kechgan imtihonlardan so‘ng qaddi bukilmadi. Sheʼrsiz, ijodsiz hayotini tasavvur qilolmagani uchun maqsadga yetishga imkoniyat qidirdi. «Ko‘ngil ko‘chalari» gazetasiga ishga kiradi. Avval reklama agenti, keyinroq dizayner, so‘ngra masʼul kotib lavozimlarida ishlaydi. Keyinchalik «Ayol qalbi» gazetasi tahririyatida dizayner hamda masʼul kotib lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Yillar o‘tib, Oliy xo‘jalik sudi Axborotnomasida dizaynerlik qilgan Abdulboqi keyinchalik bosh muharrir yordamchisi sifatida xizmatini davom ettiradi. «Huquq va burch» jurnali tahririyatidagi faoliyati ijodiy o‘sishiga yordam berdi. So‘ng “Intellekt” gazetasi tahririyatida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018-yilda «Kechikkan bahorim» va «Moʻjazgina moʻjiza» kitoblari nashr etilgan.