Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

 

Abdulla ORIPOV 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan.

Uning talabalik yillarida yozgan «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» kabi dastlabki she’rlari o‘zbek poeziyasiga yangi iste’dod kirib kel- ganligidan darak berdi.1965 yilda nashr qilingan «Mitti yulduz» to‘plami unga daf’atan shuhrat ato etdi.

Shundan keyin shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Ruhim», «Xotirot», «Yillar armoni» singari to‘plamlari chop etildi va ularning har biri adabiyot maydonida hodisa bo‘ldi. Uning «Bahor», «O‘ylarim», «Onajon» kabi she’rlari nafaqat o‘zbek she’riyati, balki jahon she’riyatining ham namuna asarlariga aylandi.

A. Oripov turli janrlarda ijod qildi. Jumladan, «Sohibqiron» pesasini yozib, buyuk sarkarda Amir Temur obrazini yarat- di. Shoir Dante «Ilohiy komediya»sining «Do‘zax» qismini tilimizga yuksak mahorat bilan tarjima qildi.

Shoir ijodi «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.

Abdulla Oripov 2016 yilning 5 noyabr kuni vafot etgan.