Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor (1907—1968) — Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Ashtda tugʻildi. Oldin eski maktabda, «Istiqbol» maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy muassasalarda ishladi.
Abdulla qahhor (1907.17.9, Qo‘qon — 1968.25.5, Moskva) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Te-mirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mama-jon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko‘rdi. Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach "Istiqlol" nomli sho‘ro makta-biga o‘qishga kiradi, undan internat, "Kommuna", "Namuna" maktablarida, so‘ng bilim yurtida tahsil ko‘radi. Bi-lim yurtining "Adib" qo‘lyozma jur.da dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi "Qizil O‘zbekiston" gaz.si tahririyatining "Ishchi-batrak mak-tublari" varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gaz.da ishlash jarayonida O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). A. Q. yana Qo‘qonga borib, dastlab o‘qituvchilarni qayta tay-yorlash kursida muallimlik qiladi; ko‘p o‘tmay "Yangi Farg‘ona" viloyat gaz.siga kotib va "Chig‘iriq" hajviy bo‘limiga mudir etib tayinlanadi (1929). A.Q.ning "Oy kuyganda" ilk hajviy she’ri "Mush-tum" jur.da Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So‘ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoyalari "Mush-tum", "Yangi yo‘l" jur.lari va "Qizil O‘zbekiston" gaz.sida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi ta-xalluslar ostida e’lon qilindi. A. Q. 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o‘qishga kiradi (1930), ayni payt-da "Sovet adabiyoti" jur.da mas’ul ko-tib vazifasini bajaradi.
Поделиться с друзьями в соцсетях