Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Abdumutal Abdullayev *

Abdumutal Abdullayev

 

Abdumutal Abdullaev 1949 yil 12 mayda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Ko‘tarma qishlog‘ida tug‘ilgan.
1956-1966 yillarda Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabda o‘qigan. 1971 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini “Andijonnoma” (sobiq “Kommunist”) gazetasida boshlagan. 1975-1980 yillar mobaynida Respublika “Qishloq hayoti” (sobiq “Qishloq haqiqati”) gazetasining Farg‘ona vodiysi bo‘yicha muxbiri,
1980-1982 yillarda Andijon viloyati firqa qo‘mitasida matbuot yo‘riqchisi, 1982 yildan “Andijonnoma” gazetasi bosh muharririning o‘rinbosari, 1990 yildan bosh muharrir, 1996 yildan bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012 yildan 2016 yilga qadar bosh muharrir vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili.
1991 yili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
2005 yili Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sovrindori sifatida e’tirof etilgan.
1994-2014 yillar davomida vatanparvarlik, el-yurtga mehr-muhabbat, umuminsoniy qadriyatlar, ma’rifiy-ma’naviy, lirik, falsafiy-tasavvufiy mavzulardagi “Muhabbatdan so‘z ochma menga”, “Ko‘ngil tinchirmidi?”, “Andijonnoma mutoibalari”, “Siyratga sayr”, “Dunyoning kaliti”, “Alushta ertagi”, “Ishqqa davo yo‘q”, “Dard”, “Umrki bir sinoat”, “Alfons”, “Hajdagi hayotim”, “Qubays tog‘idagi nido”, “Qaqnus”, “Yigit yig‘lamasin”, “Muhabbat maktubi” kabi kitoblari chop etilgan.