Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Abdurasul Raximov *

Abdurasul Raximov

 

Raximov Abdurasul Ravshan o‘g‘li, 2003 yil 18 yanvar kuni Buxoro shahrida tavallud topgan. 2020 yil Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabini "Musiqiy-nazariy fanlar va umumiy fortepiano o‘qituvchisi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, o‘z ish faoliyatini boshlagan. 2023 yil Buxoro davlat universitetining "Musiqa ta’limi" yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Bugungi kunda Romitan tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ta’lim tizimidagi faoliyati davomida 20 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan. Shu bilan birga, 10 dan ortiq ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z tezislari bilan ishtirok etgan.
Faoliyati mobaynida "Kompozitorlar bolalarga" nomli uslubiy qo‘llanmasi (2021 yil), "Musiqa fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar" nomli monografiyasi (2022 yil), "Musiqa to‘garagini tashkil etish" nomli uslubiy qo‘llanmasi (2022 yil) chop etilgan. 2023 yil "Buxoroda bir bastakor bor" nomli O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi Ahmad Haydarov hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan risolasi nashrdan chiqdi.