Said Ahmad
Said Ahmad – nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini barvaqt boshlagan. 30-yil boshlaridayoq yosh jurnalist va ijodkor sifatida qishloq xo‘jaligi kollektivlashuvida va aholining savodsizligiga barham berishda faol ishtirok etgan. Katta xalq qurilishlarida muxbir bo‘lib ishlagan.
30-yil boshlari, 40-yil oxirlarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining sahifalarida, “Mushtum” va “Sharq yulduzi” jurnallarida o‘zining ocherk va hikoyalarini chop etadi, radioda ham faol ishlaydi.
30-yil oxirlaridan Said Ahmad badiiy nasr janrida samarali ijod qiladi, uning birinchi hikoyalar to‘plami “Tortiq” 1940 yil nashr etilgan. “Jimjitlik” romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. 40-yillar uning “Er yurak” (1942), “Farg‘ona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan.
50-yillar boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya janri rivojida muayyan o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi mavzu alohida e’tiborga loyiq – bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z erlarini o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, “Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari hisoblanadi.
Said Ahmadning rafiqasi – Saida Zunnunova. 2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarning haykallari o‘rnatilgan.
Поделиться с друзьями в соцсетях