Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Akbar Mirzo *

Akbar Mirzo

 

Akbar Mirzo (Nurmatov Akbarali Mirzaqosimovich) 1961 yil 28 fevralda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1978 yili o‘rta maktabni bitirgach, jurnalist bo‘lish orzusida Toshkentga yo‘l oladi. Biroq o‘sha yili omadi chopmaydi. Kelgusi yili esa unga hozirgi M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirish nasib etadi. 1984 yili universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, O‘zbekston Jurnalistlar uyushmasiga kichik muharrir va fotomuxbir bo‘lib ishga joylashadi. Oradan bir yil o‘tib, yangi tashkil etilgan “Mehnat” nashriyotiga muharrir bo‘lib ishga o‘tadi. 1985-1991 yillarda oddiy muharrirlikdan to direktor o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan qizg‘in ijodiy yo‘lni bosib o‘tadi.1991-2012 yillar davomida Akbar Mirzo O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida etakchi muharrir, “O‘zdavkitobsavdota’minoti” OAJda bosh direktor o‘rinbosari, “Cho‘lpon” va “Yangiyo‘lpoligrafservis” nashriyotlarida bosh muharrir vazifalarida ishlab, tajribali noshir sifatida tanildi. Ayni paytda “MITTI YULDUZ” MChJ rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Akbar Mirzoning 1988 yilda “Orzuga oq yo‘l” asari, 2001 yilda “Qalb isyoni” hikoyalar to‘plami, 2010 yilda “Ayozi cho‘zilgan bahor”, 2011 yilda “Najot kemasi” qissalari kitob holida nashr etildi. 2013 yilda esa iste’dodli yozuvchining “Oqtepalik o‘g‘ri” va “Ajal bilan yuzma-yuz” romanlari birin-ketin nashrdan chiqdi. Ushbu asarlarni kitobxonlar katta qiziqish bilan kutib olishdi. Ayniqsa, yozuvchining “Ajal bilan yuzma-yuz” romanida mustaqillikning dastlabki yillarida ro‘y bergan kurashlar, endigina shakllanayotgan tuzumni o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlar va bu borada O‘zbekiston Prezidentining olib borgan oqilona siyotati va mardonavor kurashi to‘g‘risida hikoya qilinadi. Roman Yurtboshimizning siymosi ifodalangan ilk badiiy asar sifatida e’tirof etilgani bilan diqqatga sazovordir. Akbar Mirzo romanning davomini yozish ustida ijod qilmoqda.