Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Muhammad Ali

Muhammad Ali

 

MUHAMMAD ALI (Ahmedov Muhammadali) 1942 yil 1 martda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). Filologiya fanlari nomzodi (1992).

Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1966). «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim (1966), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1967), bo‘lim mudiri (1982), bosh muharrir (1982—85), O‘zbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985— 88), ToshDUda etika va estetika kafedrasi mudiri (1994—96), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda o‘zbek adabiyoti tahririyati mudiri (1997—98), Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi (1999—2003) bo‘lib ishlagan. 2003 yildan Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi.
Muhammad Ali «Fazodagi xislar» (1967), «Sha-faq» (1968), «Otalar yurti» (1970), «Dostonlar» (1974), «Oq nur» (1977), «Ilhom pariyey» (1980), «Sen bir gulsan» (1989), «Ona duosi» (1994) va boshqa she’riy asarlar muallifi. «Mashrab» dostonida (1966) Boborahim Mashrabning fojiali hayotini tasvirlagan. «Beshgul» (1986), «Zaminda yashaymiz» (1971), «Muhabbat» (1983) dostonlari zamonaviy mavzularda yozilgan.

O‘zbek xalqining 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi hayotini tasvirlashga bag‘ishlangan «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romanida Jizzax qo‘zg‘oloni voqealari badiiy lavhalarda aks ettirilib, Dukchi Eshon obrazi yaratilgan.
«Sarbadorlar» (1989) dilogiyasi Muhammad Alining prozadagi dastlabki asari. «Ulug‘ saltanat» (1999) tarixiy romanida o‘zbek xalqining 14-asrdagi hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy o‘sib borishi, uning xarakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari ko‘rsatilgan.

Muhammad Alining davr va tarixning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan publitsistik asarlari ham bor («Oshiq bo‘lmay Haq diydorin kursa bo‘lmas» 1992; «Men ko‘rgan Amerika», 2000).

«Ramayana» (1978), qoraqalpoq eposlari «Shahriyor» (1977), «Masposhsho» (1985), shuningdek, R. Byorns, U. Tabidze, Bayron va boshqa yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1984), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).