Saytimizdan nafaqat elektron, balki qog'ozli kitoblarga ham buyurtma berishingiz mumkin.
Buyurtmangiz O'zbekiston pochtasi orqali manzilingizga etkaziladi. Do‘kon telefoni: +99871 227-12-39

Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Anvar Namozov

Anvar Namozov

 

Anvar Namozov nomi, asosan, gazetxonlarga yaxshi tanish. Boisi, u ko‘p yillar etakchi nashrlarda faoliyat ko‘rsatgan. 1993 yilda Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Talabalik davridayoq uning ijod namunalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Oila va jamiyat” gazetalarida chop etilgan. Universitetni tamomlagach, “Zarafshon”, “Darakchi” gazetalarida ishlagan. Bir talay maqolalari va badiiy ijod namunalari “Hurriyat”, “Mohiyat”, “Bekajon”, “Parvona” va boshqa vaqtli matbuot nashlarida ham e’lon qilingan. Anvar Namozov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi ham bo‘lgan. Ayni paytda u respublikamizdagi nufuzli nashriyotlardan birida bosh muharrirlik qilmoqda. A.Namozov ijodga jiddiy, mas’uliyat bilan qaraydi.
“Men – ko‘rinmas odam” qissasi uning birinchi kitobidir.