Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Anvar Obidjon

Anvar Obidjon

 

O‘zbekiston xalq shoiri. O‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri, hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli adib. Anvar Obidjon 1947-yilning 25-yanvarida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. "Ona er", "Ey, Yorug‘ dunyo", "Olovjon va uning do‘stlari", "Bezgakshamol", "Akang qarag‘ay Gulmat", "Masxaraboz bola", "Juda qiziq voqea", "Erliklar", "Meshpolvonning janglari", "Alamazon va Gulmat hangomasi", "Ajoyibxona", "Oltiariq hangomalari", "Odobli bo‘lish osonmi?", "Tanlangan she’rlar", "O‘g‘irlangan pahlavon", "Bahromning hikoyasi" kabi doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifidir. Uning "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi", "Topsang hay-hay", "Qorinbotir", "To‘tiqul" kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adib 1997 yilda "Shuhrat" medali, 2011 yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan...
O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 11-aprel kuni 73 yoshda Toshkent shahrida vafot etdi.