Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Aziza-Xushruya Mamatova

Aziza-Xushruya Mamatova

 

Rassom, portret janri ustasi, ko‘plab allomalar siymolarini o‘z asarlarida tasvirlay olgan mashhur san’atkor Xushruyaxon – Azizaxon Mamatova 1947 yil 15 aprelda qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri Qo‘qonda ziyoli oilasida dunyoga keldi.
1973 yilda Rossiya Badiiy Akademiyasi qoshidagi I. E. Repin nomli Sankt-Peterburg rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morlik oliy o‘quv yurtini, 1980 yilda shu o‘quv dargohida aspiranturani tamomladi. 1973 yildan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassmolik va dizayn institutida dosent lavozimida ishlab kelmoqda.
1994 yilda u «Turkiston allomalari» turkum portretlari uchun «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoniga sazovor bo‘ldi. 2001 yilda ko‘p yillik jamoatchilik faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar Qo‘mitasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Mussavira 1997 yilda O‘zbekiston mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan o‘g‘lonlar siymolari yuqori badiiylik bilan tasvirlangan turkum asarlari uchun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining diplomi bilan mukofotlangan.
Azizaxon yaratgan qator asarlar jahon gallereyalari va muzeylarida, xususan, AQSh, Mongoliya, Rossiya davlatlari kolleksiyalaridan o‘rin olgan. Mussavirning asarlari O‘zbekistoning qator muzeylarida saqlanadi. Jumladan, O‘zbekiston san’ati muzeyidan joy olgan «Saxovat» va «Shoira Xalima Xudoyberdieva» asarlari, Abdullo Qahhor uy-muzeyida «Kibriyo Qahhorova», Oybek uy-muzeyidagi «Yozuvchi Oybek» va «Oybek va Zarifa Saidnosirova», Davlat Jamiyat qurilishi Akademiyasidagi «Abdulla Qodiriy», «G‘aybullo As-Salom» va «Yosh Nodirabegim» portrelari san’at ixlosmandlari e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.
Ko‘rgazmalar ekspozisiyasida Aziza Mamatova yaratgan buyuk allomalarimiz (Al-Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Ibn-Sino, Mirzo Bobur) siymolari namoyish etilgan.
2012 yil avgust oyida Vatanimiz mustaqilligining 21 yilligiga bag‘ishlab, rassomning «Vaqt va Inson» nomli ko‘rgazmasi uchun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining «Oltin medali» bilan mukofotlandi.
Shuningdek Xushruya (Aziza) Nasimovna Mamatovaning bakalavrlar uchun «Fan» nashriyotida chop etilgan «Chizmatasvir va rangtasvir fanlaridan o‘quv uslubiy qo‘llanmalar» to‘plami talabalar bilimini oshirishda xizmat qilyapti.