Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

B.J. Eshov

B.J. Eshov

 

1964 yil 21 mayda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Yangiqishloq qishlog‘ida tavallud topgan.
1982-1984 yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. 1986-1991 yillarda ToshDU (O‘zMU)ning tarix fakultetining Arxeologiya bo‘limida tahsil olgan.
1999 yilda nomzodlik, 2008 yilda doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. 2000 yilda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan takdirlangan. 2012 yilda professor ilmiy unvonini olgan.
B.Eshov o‘z ilmiy faoliyatini 1990 yildan boshlagan. Olimning ilmiy yo‘nalishi - O‘zbekistonda ilk davlatchilik, davlat boshqaruvi, dehqonchilik madaniyati, ilk shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, O‘rta Osiyo xalkdarining qadimgi va o‘rta asrlar o‘zaro aloqalari masalalari bilan bog‘liq.
Bu yo‘nalishda olim 200 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta darslik, 4 ta monografiya hamda chet ellarda maqolalar chop ettirgan.
Prof.B.J.Eshov 1991 yildan to hozirgi kunga qadar O‘zMU tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dosent, professor lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.