Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Baxtiyor Egamberdiyevich Haydarov *

Baxtiyor Egamberdiyevich Haydarov

 

Haydarov Baxtiyor Egamberdievich, 1970 yilning 23 aprelida Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani, “Sharq yulduzi” kolxozi, Darxon qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. 1988 yilda Mirzo Ulug‘bek nomli 4-o‘rta maktabni tugatgan. O‘sha yili harbiy xizmatga chaqirilib, Rossiyaning Murmansk oblastida harbiy burchini “katta serjant” unvonida ado etgan. Mehnat faoliyatini 1986 yilda “Sharq yulduzi” kolxozi a’zosi sifatida boshlagan. 1991 yili Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘qish bilan bir vaqtda 1994 yilgacha Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasida ishchi bo‘lib ishlagan. 1994 yildan 1998 yilgacha “Toshkent oqshomi” gazetasida katta muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1998 yildan 2011 yilga qadar O‘zbekston Respublikasi bojxona organlarining ma’naviy-ma’rifiy hamda kadrlar tayyorlash tizimlarida xizmat qilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul xodim vazifasida ishlab kelmoqda. “Sohibqironning qilichi” (2002 yil), “Safar oldidan safar” (2008 yil), “Insonnoma” (2011 yil), “O‘zbekchilik” (2012 yil) nomli kitoblari chop etilgan. Respublika matbuotida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarixiy mavzulardagi chiqishlari bilan muntazam qatnashib boradi.