Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Behzod Hamdamov

Behzod Hamdamov

 

Behzod Hamdamov – 1991 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Buxoro davlat universiteti huzuridagi gimnaziyaning 9-sinfini bitirib, Buxoro avtomobil yo‘llar kollejiga o‘qishga kirgan. Kollejni tugatgandan so‘ng, Navoiy davlat pedagogika institu­tining tarix fakultetiga kirib, 2014 yilda uni imtiyozli diplom bilan bitirgan.
O‘qish davomida uning Amir Temur va temuriylardan Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, shuningdek, Alisher Navoiy tarixiy merosini o‘r­ganishga, mustaqillik tufayli Vatanimiz taraqqiyotining turli sohalari yuksalishiga, barkamol inson tarbiyasiga bag‘ishlangan 30 dan ortiq ilmiy maqolalari turli jurnal va ilmiy to‘plamlarda chop etilgan.
Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutining tarix o‘qitish metodikasi bo‘limi magistraturasida tahsil olmoqda. Tarixning dolzarb masalalari, shu jumladan, xalq qahramoni – Mahmud Torobiyning jasorati to‘g‘risida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.