Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Boqiy Mirzo *

 Boqiy Mirzo

 

Boqiy MIRZO (Boqimirzo Umrzoqov), 1954 yil Namangan viloyati Chortoq shahrida tug‘ilgan, Boqiy Mirzo uning adabiy taxallusi. Qo‘qon Davlat pedinstitutini tamomlagach (1975), maktabda, tuman ijroqo‘mida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limida, gazetalarda ishladi. Tarjimai holida o‘qituvchilik va gazetachilik katta o‘rin tutadiki, Boqiy Mirzoning ijodi pedagogikada va jurnalistikada shakllandi, qalami she’riyatda charxlandi deya olamiz. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Boqiy Mirzo “Yangi kun”, “Uzukdagi yoqut ko‘z”, “Ko‘ngil hiyoboni”, “Sen hammadan chiroylisan”, “Yuragimni soylarga berdim” she’riy to‘plamlari, “Qaydasan, Charos?”, “Kuygan ayol”, “Makkoraning qismati”, “Qasoskor qiz qismati”, “Saqlash kamerasidagi xanjar” qissalar va hikoyalar to‘plamlari, “Tillafurush” (3 tom), “O‘g‘rining muhabbati” (2 tom) romanlari, xotira ocherklaridan iborat “Ohu soyasida bir lahza”, “Yurt bo‘ylagan odamlar”, “Kiprikdagi marvarid” trilogiyasi, “Ko‘zlaringni sog‘indim” (2 kitob), “Qimorga tikilgan qiz”, “Xazina egasining qotili” romanlarining muallifi hisoblanadi.