Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Saidaxbor Bulatov

Saidaxbor Bulatov

 

BULATOV Saidaxbor Sobitovich – sermahsul, serqirra etuk olim, ilmiy tadqiqot yo‘lini bosib o‘tgan ziyoli inson, pedagogika fanlari doktori, professor, Rossiya Xalqaro Pedagogik Ta’lim Fanlari Akademiyasi va Gresiya “Antik dunyo” Xalqaro ilmiy Akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi ijodkorlar uyushmasining a’zosi, ta’lim tizimi uchun 500 ga yaqin ensiklopediya, monografiya, darslik, elektron darslik va o‘quv qo‘llanmalar, elektron ko‘rgazma qurollar majmuasi, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, izohli lug‘atlar, metodik tavsiyanomalar, risola hamda maqolalar muallifi.
Moskva shahrida nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan (1985, 1994 yy.). O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi. (1996 y.). O‘zining 60 bosma taboqqa yaqin «O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati» nomli yirik hajmdagi fundamental ilmiy tadqiqot asari bilan el nazariga tushdi, iste’dodli olim degan nom oldi.(1991 y.) O‘zbekistonda amaliy bezak san’ati sohasi bo‘yicha hozirda yagona fan doktori. Uning ilmiy rahbarligida 20 dan ortiq shogirdi magistrlik, nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini yoqlagan. Olim xalq amaliy bezak san’ati sohasidan tashqari tasviriy san’at, astrologiya, falsafa, psixologiya, estetika, etika, tilshunoslik, etnografiya, tarix va xalq pedagogikasi fanlaridan ham kitoblar chop ettirgan.