Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Bunyodjon Abdugopporov

Bunyodjon Abdugopporov

 

Abdug‘opporov Bunyodjon Axmadjon o‘g‘li 1996-yil 20-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining Zarkent qishlog‘ida tug‘ilgan.
Namangan Viloyati San’at kollejining “Aktyorlik kafedrasi”da tahsil olgan. 2015-yil kollejni tamomlab, Yangiqo‘rg‘on tuman Madaniyat bo‘limi tizimidagi, tuman Madaniyat markaziga, yo‘nalishi bo‘yicha “Aktyorlik san’ati, drama to‘garagi” rahbari lavozimiga ishga qabul qilinadi.
2021-yil Bunyodsher “ROSSIYa” Federasiyasining “Ufa” shahrida o‘tkazilgan “Bes mir teatr” nomli katta nufuzli tanlovda qatnashib, faxrli 1-o‘rinli Diplom laurianti bo‘ldi. 2022-yil Bunyodsher tuman madaniyat bo‘limining bosh rejissyor-mutaxassisi lavozimiga tayinlandi. 2023-yil Bunyodsher tuman “Xalq teatri”ning “Badiiy rahbari” lavozimiga tayinlanadi. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan “So‘z san’ati” nomli “1-xalqaro” tanlovda ishtirok etib, “Gran-pri” sohibiga aylandi. Aynan shu 2023-yilda Bunyodsherning sakkiz yillik izlanishlari sabab, uning “8 Sara… Spektakl… Senariy…” nomli dramaturgiya janridagi Pesalar to‘mlam kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu to‘plam o‘z ichiga “Ona vatan sog‘inchi, yohud Vatanga qaytish”, “13-hudud”, “Telefon – u kim uchun nima?” “Firibgarlar fitnasi”, “Oq burgut”, “Men to‘g‘ri yo‘ldaman”, “Oila – muqaddas”, hamda “Bolaligim – beboshligim” kabi turli najr va rangbarang mavzularni, qolaversa zararli illatlar va global muammolarga qarshi kurashilgan sahna asarlarini o‘z ichiga qamrab olgan…
2024-yil Bunyodsher O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan “So‘z san’ati” nomli “2-xalqaro” tanlovda ishtirok etib, “Gran-pri” sohibiga aylandi. Bugungi kunda yosh dramaturg-yozuvchi bir qator badiiy asarlar ustida ham ish olib bormoqda…