Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Chingiz Aytmatov

Chingiz Aytmatov

 

Chingiz Aytmatov (qirgʻ. Чынгыз Айтматов; 12-dekabr, 1928 - 10-iyun, 2008) Qirgʻiziston yozuvchisi va elchisi boʻlgan. Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov XX asr qirgʻiz adabiyotining eng isteʼdodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri boʻlib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan. Bobosi Aytmat ogʻa ajoyib qoʻbuzchi, otasi Toʻraqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi tatar oilasida tugʻilgan Naima opa oʻqimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirgʻiz maktabida oʻqidi, qishloq shoʻrosida kotib, soliq yigʻuvchi, brigada hisobchisi boʻlib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirgʻiziston qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. 1956 - 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qoʻygan boʻlib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shugʻullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi boʻldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil Oʻzbekistonning «Do`stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti taʼsis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirgʻiz tilida yozib, soʻng oʻzi rus tiliga tarjima qilingan. Baʼzi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») soʻng qirgʻiz tiliga oʻgirildi.