Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Qudrat Do‘stmuhammad

Qudrat Do‘stmuhammad
Haqiqiy ism va sharifingiz:

Do‘stmuhamedov

 

Qudrat Do‘stmuhammad 1941 yil 10 martda Toshkent shahrining Sag‘bon ko‘chasida xizmatchi oilasida to‘qqiz farzandning beshinchisi bo‘lib tug‘ilgan. O‘qishga, ayniqsa adabiyot faniga ishtiyoqi baland edi, she’rlar mashq qilib turardi.1958 yili o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan, 1963 yili Toshkent politexnika institutining mexanika fakultetiga bitirib, injener-mexanik mutaxasisligini egallagan. Avtomobil ta’mirlash zavodida ishlagandan so‘ng, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mexanika istituti aspiranturasiga, iqtisodiy kibirnetika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan.1969 yildan buyon shu yo‘nalishda fan nomzodi, dosent, professor darajasiga erishgan. Ko‘plab o‘quv qo‘llanma, monografiyalar, ilmiy-ommabop kitoblar muallifi.Ilk to‘plami 1981 yili Mahkam Rahmonovning qissasi bilan bir muqova ostida ilmiy-fantastik yo‘nalishidagi “Tungi telepatiya”, 1987 yili “Temirtangalar”, 1992 yili “Noljon va Birjon” nomli ma’rifiy risolasi, 2002 yili “Nobel mukofotini olgan adiblar” kitobi, 2007 yili bolalar uchun “Bill sayyorasi” qissasi, 2008 yili “Adiblarning Nobel ma’ruzalari” nomli to‘plami va boshqalar nashr etilgan.1990 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.