Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Elchin

 Elchin

 

ELChIN Ilyos o‘g‘li Afandiev, 1943 yil 13 mayda Boku shahrida XX asr Ozarbayjon adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri. Ozarbayjon xalq yozuvchisi Ilyos Afandiev xonadonida tavallud topgan. Bolaligi adabiy muhit ichida, kitoblar olamida kechdi. Bir tomondan milliy adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, ikkinchi tomondan esa jahon adabiyoti Elchinning doimiy mutolaa etadigan asarlariga aylandi.
Uning ilk hikoyasi 16 yoshida, 1959 yilda “Ozarbayjon yoshlari" gazetasida e’lon qilindi. Boku shahrida o‘rta maktabni (1960), Boku Davlat universitetining filologiya fakultetini (1965), Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining adabiyot nazariyasi bo‘yicha aspiranturasini (1968) bitirib, “Ozarbayjon badiiy nasri adabiy tanqidda" mavzusidagi nomzodlik, “Adabiyotda tarixiylik va zamonaviylik muammosi" mavzusidagi doktorlik dissertasiyalarini himoya qildi.
1965 yilda “Ming kechadan biri” nomli ilk hikoyalar to‘plami chop etildi. Shundan so‘ng Elchinning turli xorijiy tillarda yuzga yaqin kitoblari nashr qilindi. Uning asarlari ingliz, rus, nemis, ispan, turk, venger, bolgar, arab, fors, chex, slovak, polyak, xorvat, gruzin, litva, moldovan, turkman, o‘zbek, qozoq, tojik, serb va boshqa tillarga tarjima etilgan. Kitoblarining umumiy adadi besh milliondan oshib ketadi.