Saytimizdan nafaqat elektron, balki qog'ozli kitoblarga ham buyurtma berishingiz mumkin.
Buyurtmangiz O'zbekiston pochtasi orqali manzilingizga etkaziladi. Do‘kon telefoni: +99871 227-12-39

Endi Siz sotib olgan kitoblaringizni yuklab olishingiz shart emas!
E'tibor bering: hozirda bizning saytimizda sotib olingan elektron kitoblar uchta usulda o'qilishi mumkin:
mobil-ilova orqali, Windows-ilovasi orqali va saytdagi onlayn-o'quvchi orqali. Батафсил -->

Erkin Xushvaqtov

Erkin Xushvaqtov

 

Dramaturg Erkin Hushvaqtov, 1959 yil 15 martda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani Chambil qishlog‘ida tug‘ilgan. 1976 yili o‘rta maktabni bitirgach A. Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat institutining “Havaskorlik teatri jamoasi rejissyorligi” bo‘limiga o‘qishga kirgan va 1983 yili tamomlagan.
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani asosidagi inssenirovkasi (1994 yil), “Chimildiq” (1996 yil), “Mashrab” (1997 yil), “Qirmizi olma” (2003 yil), “Andishalik kelinchak” (2005 yil), “Rashk” (2008 yil), A. Hidoyatov Drama teatrida “Eski muhabbat” (2004 yil), Yosh tomoshabinlar teatrida “Cho‘p qo‘g‘irchoq” (2004 yil), Respublika qo‘g‘irchoq teatrida “Cho‘p qo‘g‘irchoq” (2008 yil) va boshqa ko‘plab pesalari sahnalashtirilgan. 1987 yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ishlab kelmoqda. O‘zbek teatri, kino va televidenie san’atlari rivojidagi xizmatlari uchun 2002 yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.