Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Farhod Rahimov

Farhod Rahimov

 

Rahimov Farhod Xushboqovich – 1966-yil Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1983-yilda o‘rta maktabni tugatib, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga o‘qishga kirgan va uni 1990-yil imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “To‘qima-trikotaj texnologiyasi va loyihalash” kafedrasida assistent lavozimidan boshlagan, kafedra mudiri, dotsent. Pedagogik faoliyat bilan birga 2011-yildan 2017-yilgacha institut “Innovatsiya va integratsiya ilmiy tadqiqotlar markazi”da katta ilmiy xodim, direktor v/b, direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida ishlagan. Texnika fanlari nomzodi (1999), dotsent (2004) va texnika fanlari doktori (2015).

2017-2020-yillarda o‘rindoshlik asosida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida, 2021-yildan Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori. DITD doirasida xorijiy, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarda rahbar va ijrochi bo‘lgan. 2 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 20 dan ortiq magistr va qator bakalavrlar bitiruv malaka ishlariga rahbarlik qilgan.

Asosiy ish faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar agentligi (2017-2018), O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (2018-2019), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida bo‘lim boshlig‘i, loyiha ofisi direktori, boshqarma boshlig‘i (2019 yildan hozirga qadar).

Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida 3 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, qator ilmiy-uslubiy qo‘llanma va ilmiy risolalar, Respublika va xorijiy jurnallarda texnik trikotaj, kompozitsion materiallar, integratsiya, innovatsiya, inson kapitali va klasterlashtirishga oid 70 dan ortiq ilmiy maqolalar va turli ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida 130 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. O‘zbekiston Respublikasining 14 ta ixtiro va foydali model patentlari muallifi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi mukofoti laureati (1993 y.), “Kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi” (2004 y.), O‘zbekiston Respublikasi “Eng yaxshi o‘quv-qo‘llanma” nominatsiyasi sovrindori

(2005 y.), O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “Yangi intellect - 2017” tanlovining “Eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi sovrindori. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashi, ekspert-tahlil guruhi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi “Kimyo va farmatsevtika” yo‘nalishi eksperti (2015 yildan).