Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Farida Afro‘z *

Farida Afro‘z

 

Farida Afro‘z (Bo‘tayeva Farida Qo‘ziyevna) 1956-yil 5-martda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon Davlat pedagogika oliygohining tarix fakultetida o‘qigan. Ish faoliyatini G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyida kichik ilmiy xodimlikdan, keyinchalik Sanʼat bilim yurtida o‘qituvchi, Bog‘dod tumanining “Avangard” gazetasida adabiy xodim, Uchko‘prik tumanidagi “Isteʼdod” ijodkorlar uyushmasi raisi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat jamoatchilik markazi” huzuridagi “Shuur” ijodiy korxonasi direktori, Adliya vazirligi “Hayot va Qonun” yuridik jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida sanʼat bo‘limi boshlig‘i, “Yozuvchi” nashriyotida bosh muharrir, “Al-Afro‘z” MCHJda, hamda “Afruz-Records” MCHJ ovoz yozish studiyasida bosh direktor lavozimida ishlagan.

1994-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi.

1999-yili O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan “Shuhrat” medali hamda 2001-yili “O‘zbekiston Mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishoni, 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Chop etilgan kitoblari.

“Qirqkokilligim” 1986-y., “Iztirob ko‘ylagi” 1992-y., “Tunlar isyoni” 1994-y., “Ko‘zim manim...” 1999-y., “Qurbonjon Dodxoh” tarixiy dramatik doston 2000-y., “O‘zimdan o‘zimgacha” 2001-y., “Poka yest na zemle razluka...”, “Ot Faridi Afruz” (Moskva), “Gun aydin” (Istambul), “Ushshoq” 2004-y., “Tasbih” 2007-y., “O‘sha kun bugundir” 2013-y., “Kuzdan arazladim”, “Yaxshiyam..” (nemis tilida) 2017-y., 2019-yil “O‘zimniki” (manzumalar kitobi), “Obodim yor” (qo‘shiqlar kitobi) nomli sheʼriy to‘plamlari va “Qirq qo‘shiq”, “Ayol qalbi”, “Kel, bugunni bayram qilaylik” audio kitoblari disk shaklida chiqqan.

Sheʼrlari ko‘plab xorij tillariga tarjima qilingan. U ham o‘z navbatida ko‘plab jahon va qardosh xalqlar adabiyoti vakilalari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib kitobxonlarga taqdim etgan...

Bugungi kunda “Janob” nomli erkaklar uchun va “Sabo” nomli ayollar jurnallariga hamda “Art Rekords” bosmaxonasining taʼsischisi.

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining deputati.