Kitob qanday o'qiladi?

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o'qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Batafsil

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro'yxatdan o'tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to'ldirish mumkin, kerak bo'lgan kitob uchun qanday to'lovni amalga oshirish

Batafsil

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Batafsil

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo'lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Batafsil

Rayder Genri

Rayder Genri

 

Ser Genri Rayder Haggard (1856 – 1925). O‘z asarlari orqali bo‘lajak yozuvchilar ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan va Lyuiss Kerroll, Edgar Po kabi ijodkorlar qatorida sarguzasht janriga asoa solgan mashhur ijodkor. 1856 yil 22 iyunda Angliyada tug‘ilgan. Haggard avval huquqshunos bo‘lish niyatida bilim oladi. Olti yilga yaqin Janubiy Afrikada yashaydi. U erda Haggard turli boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib boradi. Shu erda olgan taassurotlari keyinchalik yozilgan va o‘quvchilari orasida shov-shuvga aylangan asarlari uchun mavzu bo‘lib qoladi. Genri adabiyot va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish niyatida Angliyaga qaytadi. Angliya bo‘ylab sayohati davomida u er qatlami holatini, qishloqdagi sodda odamlar hayotini o‘rganadi. Huddi shu vaqtda Haggardga advokatlik bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. Lekin bu soha uning tabiatiga mutloqo zid ekanini kech bo‘lsa-da tushunib etadi. Genri tinimsiz yoza boshlaydi: bir-biridan qiziq, sarguzashtga boy asarlar o‘quvchilar orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi. Bu asarlardagi har bir voqea tasviri mayda detallargacha asosli, qahramonlarning ruhiy holati ishonarli , ta’sirchanligi bilan ham tez orada shuhrat qozonadi.
Haggardni doimo o‘zga olam sirlari, er yuzida yo‘qolib ketgan turli qabila va elatlar qiziqtirib kelgan. U umrboqiylik haqida ham ko‘p asarlar yaratgan. Va e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur “Blosxolm sohibasi” romani ham shunday asarlar sirasiga kiradi.

Kitoblar