Habib Siddiq *
Habib Siddiq 1953 yil 12 aprelda Andijon viloyati Andijon tumani Bo‘taqora qishlog‘ida tug‘ilgan. 1976 yil Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. 2007 yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
2002 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
U hajvchi yozuvchi, olim, publisist va tarjimon, ijodiy, ilmiy-pedagogik, targ‘ibotchilik va tashkilotchilik salohiyati bilan yoshlarni istiqlol mafkurasi ruhida, barkamol avlod qilib tarbiyalashda faol ishtirok etib kelmoqda.
1990 yilda «Kar quloqqa tanbur» nomli ilk kitobi «Mushtum» kutubxonasi turkumida 55 ming nusxada chop etilgan.
1993 yilda «Kim oshdi savdosi» nomli hajviyalar,1998 yilda «To‘qayga o‘t tushsa» nomli hikoya va hajviyalar, 2004 yilda «Bedavo dardning davosi» hikoya va hajviyalar jamlangan kitoblari chop etilgan. 2008 yilda “Hayot yo‘lga o‘xshaydi” publisistik maqolalar, 2010 yilda “Inglizcha tush” hikoyalar, hajviyalar, hangomalar to‘plamlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan.
2013 yilda “Chirog‘i yoniq xonadon” nomli saylanma (hikoyalar, hajviyalar, hangomalar, tarjimalar) kitobi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chop etildi.
2016 yilda “O‘raga sichqon tushdi...” (hikoya, hajviya, hangomalar, komediya), 2017 yilda “Nimkosa” (Ko‘ngildagi gaplar, ikr-fikrlar, ko‘ndalang savollar, yon daftardagi qaydlar), “Xo‘jalik hisobidagi oylar” (jahon hajviyoti xazinasidan tarjimalar) kitoblari nashr etildi. 2018 yilda “O‘raga sichqon tushdi” komediyasi asosida “Kichik korxonaning katta hangomasi” hajviy videofilmi suratga olindi va namoyish etildi.
Поделиться с друзьями в соцсетях